Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ektor Kuper: «Bitta o‘yindan keyin iste’fo haqida gapirish noo‘rin»

Ektor Kuper: «Bitta o‘yindan keyin iste’fo haqida gapirish noo‘rin»

Baho:
+ | -1

JCH-2022 saralashi doirasida Falastin terma jamoasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 ta to‘p farqi bilan raqibga imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper quyidagicha fikr bildirdi:

"O‘yinchilarim namoyish etgan o‘yindan aslo ko‘nglim to‘lmadi. Birinchi golni o‘tkazib yuborgunga qadar yomon o‘ynamayotgan edik. Lekin goldan keyin nima bo‘lganini rosti tushunmadim. Biz diqqat-e’tiborni va tartibni unutdik. Himoyada qator qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Vaziyatni o‘nglash maqsadida maydonga yangi kuchlarni tushirdik. Ammo yakunda bu bizga naf keltirmadi.

Shuni aytishim joizki, biz endigina saralash bahslarini boshladik. Oldinda o‘yinlar hali ko‘p. Bugungi uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa qilgan holda, kelasi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga urinamiz.

Saralashda endi bittagina o‘yin o‘tkazdik, xolos. Bitta o‘yindan keyin iste’fo haqida gapirish juda ham noo‘rin, deb hisoblayman.

Falastin terma jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib bugun yaxshi o‘ynadi. Keyingi bosqichga yo‘l olish uchun barchada imkoniyat mavjud.

Saralashni g‘alaba bilan boshlash juda muhim edi. Lekin bugun, afsuski, unday bo‘lmadi. Yana bir bor ta’kidlayman, hali oldinda o‘yinlar ko‘p va qolgan o‘yinlarda maksimal ochkolarni to‘plashga harakat qilamiz.

Quvondiq hamda Ikromning almashtirilishi ularning charchab qolgani bilan bog‘liq edi. Qolaversa, oldingi chiziqni kuchaytirish maqsadida Temurxo‘ja ham maydonga tushdi. Bilasizmi, birgina mag‘lubiyatdan fojea yasash to‘g‘ri emas. Hali oldinda o‘yinlar bor va faqatgina saralash bosqichi tugagandagina natijani to‘la tahlil qilsa bo‘ladi", — dedi mutaxassis.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 05:50, 06.09.2019.
O'qildi: 15504 marta.
Fikrlar: 53 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.