Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi “Humo arena”da bo‘ladi

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi “Humo arena”da bo‘ladi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

20-22 sentyabr kunlari Toshkent dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqani o‘tkazish uchun bu yil juda katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bir necha oy muqaddam Xalqaro dzyudo federasiyasi mutasaddilari poytaxtimizdagi “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyini ko‘zdan kechirib o‘tishgani haqida ma’lum qilgan edik. Endilikda bu yilgi Toshkent Gran-prisi rasman “Humo arena”da bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Gran-pri musobaqadasida g‘alaba qozongan sportchilar Tokio Olimpiadasi uchun 700 reyting ochkosiga ega bo‘lishadi. Toshkent Gran-prisi esa kattalar uchun Tokio mezbonlik qilgan jahon chempionatidan keyingi yirik musobaqadir.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:05, 06.09.2019.
O'qildi: 5871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик