Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

2 nafar rapirachimiz “Satellit” turnirida shohsupaga ko‘tirildi

2 nafar rapirachimiz “Satellit” turnirida shohsupaga ko‘tirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda start olgan qilichbozlik bo‘yicha “Satellit” xalqaro turnirida navbatdagi kun g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida rapira qurolida kechgan bellashuvlarda ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Dastlabki yarim final bahsida Umida Ilyasova rossiyalik Marta Martyanovaga qarshi bahs olib bordi. Tajriba bobida biroz ustun bo‘lgan Martyanova 15:2 hisobida g‘alaba qozondi va Ilyasova bronza medali bilan cheklandi. Ikkinchi yarim final bahsida hamyurtimiz Yana Alborova italiyalik raqibasini 15:13 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Oltin medal uchun bahs Marta Martyanova hamda Yana Alborova o‘rtasida kechdi. Murosasiz kechgan bellashuv Martyanovaning 15:11 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa “Satellit” turnirida terma jamoamiz jamg‘argan medallar hozircha 1 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun va ertangi dasturda shpagachilar musobaqa g‘olibligi va Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun bahs olib borishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:10, 07.09.2019.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.