Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Virjil van Deyk «oltin to‘p»ga loyiqmi? Pike javob berdi

Virjil van Deyk «oltin to‘p»ga loyiqmi? Pike javob berdi

Baho:
+ | -

Futbol olamida tobora eng nufuzli sovrin sanaladigan «oltin to‘p»ning yangi egasi haqidagi fikrlar ko‘payib bormoqda. Darhaqiqat, juda bahsli xolat yuzaga kelmoqda. Bugun aynan shu mavzu asosida futbolchi va murabbiylar tomonidan bildiligan fikrlardan jamlangan intervyuni taqdim etamiz.

Gvardiola

Virjil ajoyib himoyachi. Hozirda uning o‘yini tobora kuchayib bormoqda. Har qanday murabbiy u kabi shogirdi bo‘lishini juda istaydi.  Futbolchining necha pulga harid qilingani muhim emas, asosiysi u o‘zi istagan futbolni namoyish etsa bo‘lgani. «Oltin to‘p» nima uchun esa, ko‘proq o‘zini ko‘rsatish va omma e’tiborida bo‘lish lozim.

Aguero

Men unga qarshi o‘ynashni judayam yomon ko‘raman. U men uchun juda katta va kuchli. Unga qarshi ikkinchi qavatda kurash olib borishdan hech qanday naf yo‘q. Bundan tashqari Virjil to‘p bilan yaxshi muomila qiladi.  Eng muhimi uning soch turmagi menga juda manzur keladi. Virjil istalgan hujumchi uchun eng noqulay himoyachi. «oltin to‘p» borasida biror narsa deyish mushkul. Bu sovringa himoyachi ega chiqishi biroz g‘alati tuyulsada, Virjil bunga to‘liq haqli!

Serhio Ramos

Ha Virjil ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Nafaqat u balki butun jamoa chinakam iroda namoyish eta oldi. Agarda u «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritsa, men bundan faqatgina faxrlanaman. Agarda u bu sovringa ega chiqsa, demak himoyachilarga ham e’tibor qaratila boshlaganidan dalolat. Avvalari himoyachi va darvozabonlar fantastik mavsum o‘tkazgan bo‘lsada, ularga hec kim e’tibor bermas edi. Ochig‘I men ham o‘z o‘yinim bilan ushbu sovringa loyiq edim desam, sira xayron bo‘lmang.

Yurgen Klopp

Virjil o‘zgacha himoyachi. Ayni payda u sayyoramizning eng kuchli himoyachisi sanaldi. Ayni damda mening jamoada shunday yetakchi futbolchi to‘p surayotganidan juda mamnunman. U o‘z o‘yini bilan to‘laqonli «oltin to‘p»ga haqli. Ochig‘I u haqida katta kitob yozishim ham mumkin. U men ustozlik qilgan futbolchilar orasida eng kuchlisi.

Pike

Albatta, Virjil va Messi o‘rtasida men jamoadaoshimni tanlayman, lekin «oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishini men hal etmayman. So‘nggi 10 yil davomida Messi fantastic formada edi, biroq Van Deyk o‘tgan mavsumni juda yuqori tempda o‘tkazdi va «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga to‘liq haqli. Himoyachi va darvozabonlar uchun omma e’tiboriga tushish juda mushkul. Ular sizning bor professional harakatlaringizga ortiqchi qiziquvchansizlik bilan boqishadi va hammasini juda oddiy qabul qilishadi. Agarda, siz kichik xatoga yo‘l qo‘ysangiz, darrov tanqidlarga ko‘mib tashlashadi. Va nihoyat himoychilarning mehnati qadrlanadigan davr kelganidan shodman. Agar Virjil bu sovrinni qo‘lga kiritsa, men faqat xursand bo‘lgan bo‘lar edim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:16, 07.09.2019.
O'qildi: 6902 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.