Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ronaldudan omadliroq 5 ta futbolchi

Ronaldudan omadliroq 5 ta futbolchi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik bu yigit zamonaviy futbol olamida eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchi sanaladi. U ayrim sovrinlarni inobatga olmasa, deyarli barcha musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchi va uning hisobida 29 ta chempionlik mavjud. Shunday bo‘lsada, bu borada undan oldinlab ketganlar ham yo‘q emas. Bugun sovrinlarni qo‘lga kiritish borasida Krishtiyanu Ronaldudan ilgarilab ketgan 5 ta futbolchi bilan tanishib o‘tamiz.

Andres Iniyesta

«Real Madrid» muxlislarining olqishiga sazovar bo‘lgan 3 ta futbolchidan biri sanaladigan Andresning kabi yarim himoyachilar  har kuni ham tug‘ulavermaydi. Ispaniyalik futbolchi o‘z faoliyati davomida barcha musobaqalarda g‘olib chiqibgina qolmay, jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida ajralib turgan. Kamtarligi va oddiyligi bois muxlislar uni hurmat qilishar, uning o‘yinlarini qarsaklar bilan tomosha qilishar edi. Hozirda qit’amizda to‘p surayotgan futbolchining hisobida 35 ta sovrin mavjud bo‘lsada, u muxlislarni hursand qilishdan to‘xtamayapti.

Maksvell

Braziliyalik futbolchi bugungi ro‘yxatdagi futbolchilar orasida eng ko‘rimsizi desak, adashamagan bo‘lamiz. Qiziq tomoni shundaki, qahramonimiz 2008-yildan to 2017 yilga qadar o‘zi to‘p surgan chempionatlarda g‘olib bo‘lishni uddalagan. Faqatgina 2012-yilda «Real Madrid» to‘sqinlik qilib qolgan. To‘g‘ri, u xalqaro musobaqalarda o‘zini ko‘rsata olmagan, biroq 36 ta sovrinni qo‘lga kiritishni uddasidan chiqqan. Hozirda u PSJ klubining texnik direktori vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Jerar Pike

Yana bir «La Masiya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladigan futbolchi kariyerasi boshida o‘zini APLda sinab ko‘rish uchun Angiliyaga yo‘l olmaganida, hozirda uning sovrinlari soni ko‘proq bo‘lgan bo‘larmidi?!
Xatto, ser Aleks ham uning kichik fursat ichida bu qadar yetuk himoyachi bo‘lib yetishishini tahmin qilmagan bo‘lsa, ajab emas.
Pike «Barselona»ga kelgan yiliyoq trebl qayt etib, sovrinlarni qo‘lga kiritishni boshlab yuboradi. Hozirda futbolchi 32 bor shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lib, shu kunga qadar o‘zi to‘p surgan jamoalarning asosiy himoyachisi sifatida ajralib turgan.

Leo Messi

Huddi Ronaldu singari u ham futbol tarixidagi eng kuchlilardan biri sanaladi. Biz uning nimalarga qodir ekanligi haqida so‘zlamoqchi emasmiz. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Argentinalik futbolchi hisobida 34 ta sovrin mavjud bo‘lsada, terma jamoa bilan aytarli hech qanday yutuqqa erisha olmagan. Uning oldida 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan «Kopa Amerika» musobqasi qoldi. Bu turnida g‘olib chiqish imkoniyati mavjud, sababi o‘yinlari Urugvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi.

Dani Alvez

Gvardiolaning oltin davrida klubga taklif etilgan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirgan Alvez chempion bo‘lish borasida chinakam rekordchi sanaladi. Uning hisobida naqd 41 ta g‘oliblik mavjud. Dani Alvezning qaysi klublarda to‘p surgani hammaga ayon. Futbolchining qo‘lga kiritgan yutuqlarini faqatgina sovrinlar bilan yodga olish noo‘rin. Qahramonimiz o‘zi to‘p surgan barcha jamoalarda asosiy tarkibda bo‘libgina qolmay, ichki muhitning yaxshilanishini ham ta’minlab kelgan. Uning hazillari va do‘stona munosabati tufayli ko‘plab klublar futbolchini o‘z safida ko‘rishni hali-hamon istashadi. Dani Alvez hozirda o‘z Vatanida, «San Paulo» safida «javlon urmoqda».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:01, 08.09.2019.
O'qildi: 13093 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.