Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Mutaxassis mulohazasi: «Pas — buyuk harakatlantiruvchi kuch!»

Mutaxassis mulohazasi: «Pas — buyuk harakatlantiruvchi kuch!»

Baho:
+1 | -

“Metallurg” futbol klubi murabbiyi Murod Ismoilovning shogirdlari, barcha futbolchilarga maslahatli mulohazalari.

Ukalarimizga, farzandlarimizga, vatandosh futbolchilarimizga yana bir bor eslatma:

Yoxan Kroyff nima degan? Futbol bitta to‘p bilan o‘ynaladi. Bas shunday ekan, to‘pni biz nazorat qilishimiz kerak!

Xosep Gvardiola nima degan? Pas (to‘p oshirish) bo‘lsa, keyin nazorat bo‘ladi!

Xavi nima deyapti?! Iloji bo‘lsa meni jamoam 99% to‘pga egalik qilishini xohlayman, chunki to‘p bizda bo‘lsa, keyin biz futbol o‘ynaymiz!

Boris Arvadyev nima degan? “Pas (to‘p oshirish) – buyuk harakatlantiruvchi kuch, futbolda shu kuchga deyarli hamma narsa bog‘liq”.

Men buyuk mutaxassislarni fikrlaridan iqtibos keltirdim. Faoliyat olib borayotgan mutaxassis sifatida tavsiya qilaman, iltimos qilaman, ukalarim, farzandlarim, yurtdoshlarim – to‘p oshirishga (pasga) bee’tibor bo‘lmanglar. Mashg‘ulotlarda juda ko‘p guvohi bo‘laman, futbolchilarimiz mana shu jihatga o‘ta bee’tiborlik qilishadi.

“Tayming” degan so‘z bor, nima o‘zi u? Futbolchiga to‘p uzatilganda, kerakli tezlikda, kerakli yo‘nalishda va kerakli nuqtaga boradi va qabul qiluvchi bilan uchrashadi. Endi mana shu tayming o‘yin davomida ko‘proq bo‘lsa, ruhiy tomondan ham juda ishonch ortadi va kuchga kuch qo‘shilib, odam tetiklashadi.

Endi Mourinyo nima deyapti? Mening jamoam taymingga amal qilsa, natija yaxshi bo‘ladi, natija yaxshi bo‘lsa, o‘yinni o‘zida biz keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Shunday ekan, mening jamoam bir mavsumda 80 tagacha o‘yin o‘tkaza oladi.

Yana bir bor buyuk ustoz Boris Arkadyevni eslaymiz. U kishi aytgan: pas (to‘p oshirish) – buyuk  harakatlantiruvchi kuch, mana shu kuchga futbolda deyarli hamma narsa bog‘liq!!!

Foydali desangiz Allohdan, kamchiligi bo‘lsa kaminadan...

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:25, 09.09.2019.
O'qildi: 3202 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.