Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor» AGMKga yirik hisobda yutqazdi

«Paxtakor» AGMKga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan kichik tanaffusda AGMK ikkinchi nazorat o‘yinini "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazdi.

Olmaliqda kechgan to‘qnashuvda jamoamiz murabbiylar shtabi AGMK Superliganing 19-tur doirasidagi "Dinamo" bilan bo‘ladigan bahsga qadar futbolchilarda o‘yin amaliyoti bo‘lishini ta’minlash va jamoaviy kombinasion harakatlarini yanada shakllantirib olishni maqsad qilishdi. Qiziqarli va jamoamiz ustunligi ostida o‘tgan birinchi bo‘limda bitta gol urildi. Burchak zarbasini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan olmaliqliklar Nurmatovning yaqin burchakdan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagani tufayli hisobda oldinga chiqib oldi.

Shundan so‘ng tanaffusga qadar boshqa gol urilmadi. Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa safida qator o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Unga qadar esa Qosimov shogirdlari tablodagi hisobni yanada ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taym avvalida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Elguja Grigalashvili jonbozlik ko‘rsatdi va jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilarini aldab, darvozabonni ham dog‘da qoldirishni uddasidan chiqdi va Nurmatovga deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etish imkoniyatini yaratdi. Shahzod Nurmatov esa o‘rnini Zafar Polvonovga bo‘shatib berish oldidan uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi.

Uchinchi golda esa "Paxtakor"ning yosh himoyachisining xatosidan unumli foydalangan Zafar Polvonov bellashuvdagi yakuniy natijani o‘rnatdi - 3:0.

AGMK futbolchilariga ertaga hordiq chiqarish uchun dam beriladi va 10 sentyabrdan esa yana Do‘rmondagi qarorgohga yig‘ilib, Qibraydagi stadionda "Dinamo" bilan o‘yinga tayyorgarlik davom ettiriladi.

Nazorati o‘yini.
8 sentyabr, yakshanba
AGMK - "Paxtakor" 3:0
OKMK sport majmuasi, "Markaziy" stadion.
Gollar: Shahzod Nurmatov (21, 58), Zafar Polvonov (88)
AGMK — Suhrob Sultonov - Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullayev, Dilshod Jo‘rayev, Mirjamol Qosimov - Murod Toshmatov, Shahzod Nurmatov, San’at Shixov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Roman Abdulov, Mirg‘iyoz Sulaymonov, Bobur Yuldoshev, Vladislav Kasminin, Farhod Imamov, G‘ulomHaydar Gulyamov, Jasur Umarov, Elguja Grigalashvili, Zohir Pirimov, Kamron Abdulhamidov, Zafar Polvonov.
"Paxtakor": Umid Hamroyev, Alisher Salimov, Sherzod A’zamov, Vladimir Kozak, Yo‘ldoshev, Sardor Sobirxo‘jayev, Humoyunmirzo Iminov, Dragan Cheran, Marat Bikmayev, Husniddin G‘ofurov, Shohruh Mahmudhojiyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Isakov, Sarimsoqov, Roziyev, Sobirov, Hoshimov, Xolmatov, Muxtorov, Shamsiyev, Mirsaidov, Odilov, Abdusalomov.
Bosh hakam: Akobir Shukurullayev.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 09:31, 09.09.2019.
O'qildi: 4081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.