Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Bo‘lajak super yulduzlar

Bo‘lajak super yulduzlar

Baho:
+ | -

Bugungi kunga kelib, bir nechta yosh va iqtidorli futbolchilar muxlislarni o‘ziga qaratib bormoqda. Ularning o‘yiniga qarab turib, kelajagi porloq ekanligiga shubha qilmaysan. Hozir e’tiboringizga zamonaviy futboldagi vunderkindlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Temmi Abraham

Drogba «Chelsi»ni tark etgach, klub uzoq muddat davomida markaziy hujumchiga yolchimadi. Jamoa Shevchenko, Torres, Iguain, Morata singari top hujumchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lsada, ular jamoa uchun aytarli hech narsa qila olmadi. To‘g‘ri, Diyego Kosta bir fursat davomida hujumchilikni uddalagan bo‘lsada, og‘ir harakteri uni jamoada qolishiga qarshilik qildi…
Endilikda Frenk Lempard asosiy hujumchi vazifasini 21 yoshlik Temmi Abrahamga ishonib topshirmoqda. Bir qarashda tushunarsiz qarordek ko‘ringani bilan, Abraham so‘ngi mavsumlarda bunga haqli ekanligini isbotlab kelmoqda. Qahramonimiz 21 yoshga qadar "Chempionship"da to‘p urar bo‘lishni uddalabgina qolmay, ligada eng ko‘p gol kiritgan yosh futbolchi sifatida tarixda qoldi. APL uchrashuvlarida ham Temmi yo‘qolib qolayotgani yo‘q. Uning hisobida 4 gol mavjud ekanligi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Eng muhimi shundaki, u o‘z ustida ishlasa, yanada o‘sishi va chinakam gol mashinasi bo‘lishi mumkin. Unda buning uchun hamma imkoniyatlar mavjud.

Deniyel Jeyms

«Manchester Yunayted» tomonidan 18 million yevro evaziga «Suonsi» jamoasidan xarid qilingan futbolchining nimalarga qodir ekanligini hali to‘liq anglab yetmaganlar oramizda ko‘plab topiladi. Futbolchi fantastik tezlik va maydonda unversalligi bilan qolganlardan yaqqol ajralib turadi. Jeyms yangi jamoasi uchun 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘libgina qolmay, «qizil iblislar»ning o‘yiniga o‘z ta’sirni o‘tkaza olmoqda. Bu uni ajoyib kelajag kutib turganidan dalolat. Sulsher aynan unga suyangan xolda Lukakuni qo‘yib yubordi. Endilikda Reshford markazga ko‘chgan bo‘lsa, qanot Deniyel Jeymsga ishonib topshirlmoqda.

Ansu Fati

Bir nechta rekorlarni yangilashga muvaffaq bo‘lgan «Barselona» futbolchisi haqida to‘xtalib o‘tishimiz lozim. U 16 yoshidayoq debyut uchrashuvini o‘tkazdi va klub tarixida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. Xatto Messi ham ilk golini kiritgan cho‘g‘ida Ansudan kattaroq edi.
Tezkor, egiluvchan va ajoyib zarba egasi bo‘lgan Fati bir zumda ko‘plab grandlarning e’tiboriga tushishni uddaladi. «Barselona» esa, o‘z tarbiyalanuvchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va uning tavon pulini 100 million yevro deb baholadi. Fati hozirda mashg‘ulotlarda tinimsiz ishlamoqda. Agarda u o‘sishdan to‘xtab qolmasa, kelajakda Katoloniya klubining yangi yetakchisi bo‘lishi aniq!

Alfonso Devis

18 yoshlik futbolchining o‘yinlarini kuzatgan «Bavariya» jamoasi skautlari uni darhol qo‘lga kiritishga qaror qiladi. MLSdagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, futbolchi 18 yoshida «Bundesliga»da to‘p surish uchun Yevropaga ko‘chib kelgani e’tiborga molik.
U chinakam qanot hujumchisi. Tezkorlik, ajoyib paslar, jarima maydonchasiga yorib kirishlar uning sevgan mashg‘ulotlari sirasiga kiradi. Bu futbolchi hali jamoaning asosiy tarkibiga kirib olishni uddalamagan bo‘lsada, o‘z hisobiga gol va assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan uni nemislar Riberining izdoshi sifatida alohida qayt etishmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:07, 09.09.2019.
O'qildi: 10357 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.