Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Prevyu. «Navbahor» – «Paxtakor»

Prevyu. «Navbahor» – «Paxtakor»

Baho:
+ | -

Superliga 19-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor”  klubini qabul qiladi.

Superligamizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar hozirgacha 57 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik  poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 35tasida  “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 13ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 9 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 97 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 45 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.



Ushbu  jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

Ayni paytgacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 28 ta bahsning 12 tasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, yana 11 tasida toshkentliklar zafar quchishgan, 5 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

Joriy mavsumning 1-davrasida Toshkentda o‘tkazilgan dramatik bahsda durang – 2:2 hisobi qayd etilgandi.

“Navbahor” – “Paxtakor” o‘yini 15 sentyabr kuni 18:30da boshlanadi.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:08, 11.09.2019.
O'qildi: 4531 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик