Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mavsumni yomon boshlagan futbolchilar

Mavsumni yomon boshlagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yangi mavsum starti biz uchun ko‘plab yangi nomlarni kashf etibgina qolmay, ayrim kutilmagan xolatlarni ham taqdim etdi. O‘tgan mavsumda juda yuqori fo‘rmada to‘p surgan futbolchilarning aksariyati mavsum startini juda pas tempda boshladi va sira o‘ziga o‘xshamayapti. Bugun instat kompaniyasi tomonidan qayt etilgan statistic ma’lumotlar asosida mavsumni juda bo‘sh boshlagan futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz

Ngolo Kante

To‘g‘risi, uning bu ro‘yxatda paydo bo‘lganini tushunish qiyin biroq, statistik ma’lumotlar Kantening o‘tgan mavsum startiga nisbatan ancha past saviyada futbol o‘ynayotganini ko‘rsatmoqda.  Ngolo yangi mavsum startida instat tomonidan olib borilgan hisob-kitoblar bo‘yicha atigi 235 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Bu o‘tgan mavsumdagi natijadan ancha past degani. Bir qarashda g‘alati tuyulsada, Kante yangi mavsumda hali birorta golli uzatma berishni uddalay olmagan bo‘lsa, to‘p uchun kurashlarning 50 foizida g‘olib chiqmoqda. O‘tgan mavsum startida bu ko‘rsatgich 74 foizni tashkil etayotgan edi.

Manuel Noyer

Germaniyalik posbon jarohatidan so‘ng, deyarli o‘ziga o‘xshamay qoldi. Uning ko‘rsatgichlari va o‘yinida keskin pasayish kuzatilgani hech kimga sir emas. Yangi mavsum startida qahramonimiz instat hisob-kitoblari bo‘yicha Bundesliga darvozabonlari orasida 13-o‘rindagi ko‘rsatgichni namoyish etgan. Bundan tashqari, darvozabonning reksiyasi kamaygan va o‘ziga bo‘lgan ishonch ham avvalgi darajada emas. Yangi mavsum startida darvozabon atigi bir bor seyv qilgan bo‘lib, Futbolchi «Instat» tomonidan 246 ball bilan siylandi. Bu so‘nggi 10 yil ichida Noyer tomonidan qayt etilgan eng past natija degani!

Matteys De Ligt

Gollandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni qanday boshlagani haqida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q. Afsuski, yangi mavsum boshida uni tanib bo‘lmayapti. Instat uning harakatlarini 224 ball bilan siylagani so‘zlarimizga isbot bo‘la oladi.

Gollandiyalik himoyachi «Napoli»ga qarshi baxsda bir necha bor qo‘pol xatolarga yo‘l qoyganidan xabaringiz bor. Bir qarashda, futbolchini tushunsa, bo‘ladi. Gollandiya va Italiya chempionatlari o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Bundan tashqari, De Ligtning yangi atmosferada to‘p surayotganini inobatga olsa, muammolarni hal etish uchun unda vaqt yetarlicha topiladi.

Ter Stegen

O‘tgan mavsumdan farqli o‘laroq, «Barselona» darvozaboni bu mavsumni juda bo‘sh boshladi. Mavsum startida kipper darvozasiga yo‘llangan 10ta zarbaning 5 tasi golga aylangani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Ter Stegen Instat nashri tomonidan 232 ballga loyiq ko‘rildi. Bu o‘tgan mavsumdagi startdan deyarli ikki barobar yomon ko‘rsatgich degani. Bu mavsum startida Messi va Suaresning yo‘qligi jamoaning barcha futbolchilarning o‘yiniga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Aynan shu sababli, «Barselona» futbolchilarnin ko‘rsatgichlari ham sezilarli darajda pastlaganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Vinisius Junior

Braziliyalik iqtidorli futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lgan bo‘lsada, hali to‘liq sport formasini tiklab olganicha yo‘q. Uning maydondagi harakatlar instat tomonidan 214 ballga loyiq deb topildi. Eng achinarlisi shundaki, Vinisius o‘tgan mavsum startida unumli dribling bo‘yicha 68 foiz ko‘rsatgich qayt etgan edi. Bu mavsumda startida bu ko‘rsatgich, atigi 27 foizni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, Junior bu mavsumda birorta o‘tkir pasni ijro etmadi. Shunga qaramay, bu mavsum starti xolos. Agarda futbolchilar o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasa, mavsum so‘ngiga qadar o‘z ko‘rsatgichlarini yaxshilab olish imkoniga egalar.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:11, 13.09.2019.
O'qildi: 7308 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.