Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

«Real Sosyedad» kutilmaganda «Atletiko»ni mag‘lub etdi (videosharh)

«Real Sosyedad» kutilmaganda «Atletiko»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida mavsum peshqadami "Atletiko" safarda "Real Sosyedad" mehmoni bo‘ldi.  "Anoeta"dagi bahsda "matraschilar" ushbu mavsumda ilk marta ochko yo‘qotdi.

Basklar o‘z uyilaridagi dastlabki o‘yinni yuqori ishtiyoq bilan o‘tkazishdi va kuchli raqibni mag‘lub etishdi. Ular birinchi bo‘limda golga tortadigan 3ta vaziyat yaratib, ulardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa san-sebastyanliklar 3 daqiqa ichida ikkita gol urib, amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishdi. E’tiborlisi, Nacho Monreal "Real Sosyedad" safida debyut uchrashuvida gol urdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Simeone shogirdlari oldinga tashlanishdi. Ammo mezbonlar posboni Migel Anxel Moyya ikkita vaziyatda jamoani muqarrar goldan qutqarib oldi.

Shu tariqa, "Real Sosyedad" o‘z ochkolarini 7taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Atletiko" esa mag‘lubiyatga qaramay, peshqadamlik qilishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 4-tur
Real Sosyedad – Atletiko 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 58 Edegor, 2:0 – 61 Monreal.
Real Sosyedad – Moyya, Monreal, Lyorente, Saldua, Elustondo, Edegor, Merino (Surutusa, 83), Oyarsabal, Subeldiya, Portu (Yanuzay, 83), Isak (Villian Joze, 73).
Atletiko – Oblak (Adan, 66), Ximenes, Savich, Lodi, Trippyer, Lemar (Lyorente, 46), Saul, Vitolo, Koke, Joau Feliks (Korrea, 57), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Subeldiya (45), Trippyer (51), Lyorente (60), Diyego Kosta (69).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:47, 15.09.2019.
O'qildi: 4790 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик