Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ronaldu kelajakda «oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishini aytdi

Ronaldu kelajakda «oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishini aytdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Futbol-Futbol» nashri Krishtiyanu Ronaldu tomonidan kelajakda «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida bergan barcha intervyularini bir joyga jamlashga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, bu intervyular turli vaqtlarda berilgan bo‘lsada, futbolchining muxlislarida katta qiziqish uyg‘otishi aniq.

Eden Azar

Uning o‘yin uslubi menga juda yoqadi. Eden tezkor va maydonni juda yaxshi ko‘ra oladi. Uning APL singari kuchli chempionatda o‘zini ko‘rsata olgani unga bo‘lgan xurmatimni oshirgan edi. U endilikda «Real Madrid» jamoasi futbolchisi. O‘ylashimcha, men va Messidan so‘ng, eng kuchli futbolchi nomi uchun kurashda Eden fovorit bo‘lishi mumkin. Unda buning uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

Neymar

U juda buyuk futbolchi. Umid qilamanki, u jarohatidan forig‘ bo‘ladi va yana safga qaytadi. Ochig‘I Neymar men uchun begona emas, u bilan o‘rtamizda do‘stona aloqalar mavjud. Biz u bilan reklama roliklarida birga suratga tushdik va ancha yaqindan tanishib olishga muvaffaq bo‘ldik. Unda birinchi raqamli bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud biroq, imkoniyatlardan foydalanish uchun tinimsiz izlanish va mashg‘ulotlar o‘tkazish lozim.

Mbappe

Menga Mbappening o‘yini manzur kelmoqda. Eng qizig‘I shundaki, u hali 21 yoshga ham to‘lgani yo‘q, biroq butun dunyo uni taniganiga 3 yildan oshib ketdi. To‘g‘ri, unda «oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kirtish imkoni juda kam biroq, Killian hali juda yosh va uning kariyerasi to‘liq oldinda. Mbappe barchasiga ulguradi. Shaxsan men Men va Messidan so‘ng, Mbappening davri boshlanishiga shubxa qilmayman.
Manba: "Футбол-Футбол
Kiritildi: 03:17, 15.09.2019.
O'qildi: 17935 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.