Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

A seriya. «Inter» va «Napoli» g‘alaba qozondi

A seriya. «Inter» va «Napoli» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan Italiya klublari A seriyadagi o‘z o‘yinlarini kecha o‘tkazishdi.

Tur doirasida "Napoli" o‘z maydonida "Sampdoriya"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Neapolliklarning har ikkala goliga Dris Mertens mualliflik qildi. Ushbu g‘alabadan keyin Anchelotti jamoasi 6 ochko bilan jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Inter» esa o‘z uyida «Udineze»ga qarshi bahs olib bordi. Mehmonlar 35-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi: de Paul maydondan chetlatildi. Bo‘lim tugashi arafasida Stefano Sensi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. "Neradzurri" bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, raqib darvozasiga boshqa yo‘l topa olmadi. Konte jamoasi 9 ochko bilan jadvalda peshqadamlik qilmoqda.

Italiya chempionati, 3-tur
Napoli – Sampdoriya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Mertens, 2:0 – 67 Mertens.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Kalyexon, Fabian Ruis, Elmaz (InsinYE, 76), Zelinski, Losano (Lyorente, 65), Mertens (Yunes, 80).
Sampdoriya – Audero, Ferrari, Murilyo, Redjini (Leris, 66), Bereshinski, Ekdal, Linetti, Murru, Kaprari (Gabbyadini, 68), Rigoni (Depaoli, 79), Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Maksimovich (7), Ferrari (26), Fabian Ruis (36), Kaprari (41).
 
Inter – Udineze 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 44 Sensi.
Inter – Xandanovich, Godin, de Vrey, Shkrinyar, Kandreva, Barella (Galyardini, 46), Brozovich, Asamoa, Politano (Sanches, 80), Sensi, Lukaku (Martines, 65).
Udineze – Musso, Rodrigo Bekao, De Mayo, Opoku, Larsen, Yayalo (Barak, 71), Uolas (Mandragora, 81), de Paul, Sema (Pussetto, 81), Fofana, Lazanya.
Ogohlantirishlar: Barella (28), Rodrigo Bekao (35), Kandreva (78).
Chetlatish: de Paul (35).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:42, 15.09.2019.
O'qildi: 3344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик