Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shota Arveladze: «Paxtakor» Adebayor bilan kelishuvga erishgan edi»

Shota Arveladze: «Paxtakor» Adebayor bilan kelishuvga erishgan edi»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda “Paxtakor” o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.

– O‘yindan oldin yigitlarga uchrashuv muhiti Chempionlar Ligasini eslatishini aytgandim. Oddiy bo‘lmasligini ta’kidlagandim. Eronda 70 ming muxlis qarshisida o‘ynaganmiz va muhit o‘zgacha edi. Yigitlar ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi.  O‘yinni to‘liq nazorat qildik, ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.  To‘pni o‘zimizda ushlab turdik. Mezbonlarda bahs oxirida yaxshi imkoniyat bo‘ldi xolos. Bizda o‘n nafardan ortiq futbolchilar terma jamoalarda bo‘lishdi, Qiyin holatdan chiqib ketdik. Muxlislardan o‘zlarini yaxshiroq tutishlarini so‘ragan bo‘lardim. Ular chiroyli o‘ynagan, hujumkor futbol ko‘rsatgan jamoani olqishlashlari kerak deb o‘ylayman.

Biz ikkinchi davra oldidan Emanuel Adebayor bilan deyarli kelishuvga erishgan edik. Afsus so‘ngi lahzada u Turkiya chempionatiga yo‘l oldi. Menimcha O‘zbekistonning o‘zida ham yetarlicha kuchli maxalliy futbolchilar bor. Bizda mavsum boshlanganda ularda yarimiga yetadi bunday holatda ularni ko‘ndirish oson emas. Biroq kuchli legionerlar olib kelishga harakat qilaman. Adebayorning kelishi Liga imiji uchun ham katta yordam bo‘lardi.

Jarohat olgan barcha futbolchilarimiz afsuski operasiya qilinyapti va ular 7-8 oyga safdan chiqishyapti. Sidiqov va Komilov uchun mavsum tugadi. Simich va Sergeevda kichik jarohat mavjud.

Murabbiyga hamisha qanchadir vaqt zarur. Ikkinchi mavsumda jamoani yaxshiroq bilasan. Kiyinish xonasida yetakchilar kerak edi. Ba’zi o‘yinchilarni tarkibga qo‘shdik va natijalar yaxshi ko‘rinish hosil qildi. O‘tgan yili ham yaxshi o‘ynagandik, umumiy hisobda ko‘proq ochko yiqqandik.

O‘tgan yili viloyat hokimi maydonni yaxshilashga va’da bergandi. Bu yil jamoangiz shunday ajoyib maydonda o‘ynamoqda. Bu barcha uchun yaxshi holat. Sababi bu yerda kelajakda sizning farzandlaringiz o‘ynaydi”, -deya Arveladze so‘zlarini keltirmoqda Stadion.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:37, 16.09.2019.
O'qildi: 16573 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.