Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Andrey Kanchelskis: «Alamli mag‘lubiyatga uchradik»

Andrey Kanchelskis: «Alamli mag‘lubiyatga uchradik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda “Paxtakor” o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi.

–Yutqazdik. “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularni chempionlik bilan ham tabriklasak bo‘laveradi. Afsus jarohatlar sababli Toshkentda o‘ynagan 5 nafar futbolchilar bugun o‘ynay olishmadi. Bir futbolchini almashtirsa bo‘ladi, lekin 5ta bu ko‘p. Bugun raqibni g‘alaba qozonishini istamagan edik. Alamli mag‘lubiyatga uchradik.

Bugungi kunda jamoa jismonan va ruhiy tomondan “chuqurlikda”. Biroq  yigitlarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Raqibda bizda yo‘q, kuchli zaxira bor.

Mavsum yakuniga 7ta o‘yin qoldi. 7ta o‘yinda 21 ochko olishga harakat qilamiz. Ishlashda davom etamiz va chuqurlikdan chiqishga harakat qilamiz.

Qaytaraman jamoa chuqur jarlikda. Lelin “O‘qing, o‘qing, o‘qing va o‘qing” degan bo‘lsa, biz “ishlang, ishlang, ishlang” deymiz. Ishlashda davom jtishimiz kerak.

Muxlislar mendan o‘zgartirish so‘rashdi. Ammo men kimni maydonga tushirishim kerak edi? Bizda yarim jamoa tayyor bo‘ladi yarimi yuq. Ammo futbolni 11 kishi o‘ynaydi.

Jamoadan ketganimdan so‘ng O‘zbekistonning o‘zidan ham bir qator takliflar bo‘ldi. Ammo hokim bilan gaplashdim va jamoaga qaytishg va’da bergandim. Hokim jamoa uchun ko‘p qayg‘uradi.

Kimsan “Paxtakor”ga golni tayyor sovg‘a qilib berdik. Yosh bolalarcha xato qilindi. Oltin ochkoni olishga harakat qilgandik. Biroq mag‘lub bo‘ldik.

Hakamlar haqida.

Menimcha, bugun hakamlar ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishmadi. Misol uchun “Andijon” bilan o‘yinda esa hakamlar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishgandi. Hakamlarga e’tirozim yuq.

Men ketganimdan keyin bir qator futbolchilarni qo‘yib yuborishgan. Nima uchun bunday qilingan bilmadim. Yil so‘nggida jamoaning ko‘plab futbolchilari bilan xayrlashamiz. Oldingi murabbiyning o‘z qarashlari bor, mening o‘z qarashlarim”,  -deya Kanchelskis so‘zlarini keltirmoqda Stadion.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:08, 16.09.2019.
O'qildi: 4993 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.