Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL. «Zenit» Fransiyadan durang bilan qaytdi (video)

YECHL. «Zenit» Fransiyadan durang bilan qaytdi (video)

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining 1-turi doirasida "Lion" o‘z maydonida Rossiyaning "Zenit" klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Azmun va Dzyuba raqib jarima maydonchasi atrofida "devor" o‘ynashi oqibatida eronlik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi taym avvalda rossiyalik himoyachi xatoga yo‘l qo‘yib, jarima maydoni ichida raqib hujumchisini yiqitdi. Belgilangan penaltidan Memfis Depay samarali foydalanib, muvozanatni tikladi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi.

"G" guruhi, 1-tur
Lion Fransiya – Zenit Rossiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 41 Azmun, 1:1 – 51, penalti Depay.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Dyubua, Kone, Denayer, Tiago Mendes, Ren-Adelaid (TerYE, 85), Tuzar, Traore (Korne, 77), Depay, Dembele.
Zenit – Lunev, Karavayev (Shatov, 78), Osorio, Ivanovich, Jirkov (Kuzyayev, 64), Duglas Santos, Barrios, Rakiskiy, Azmun (Ozdoyev, 47), Dzyuba, Driussi.
Ogohlantirishlar: Azmun (38), Rakiskiy (61), Kuzyayev (70), Kone (71), Shatov (87).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:00, 18.09.2019.
O'qildi: 4181 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик