Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Ayollar og‘ir atletikasida jahon chempionatlaridagi dastlabki medalimizga sazovor bo‘ldik

Ayollar og‘ir atletikasida jahon chempionatlaridagi dastlabki medalimizga sazovor bo‘ldik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar davom etadi. Biroz avval ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Muattar Nabiyeva o‘z ishtirokini yakunladi.

Yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqi bo‘yicha 96 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. E’tiborlisi, bu natija unga yakunda bronza medalini taqdim qildi. Afsuski, siltab ko‘tarish mashqi yurtdoshimiz uchun ko‘ngildagidek yakunlanmadi va Nabiyeva bu yo‘nalishda 113 kilogramm natija qayd etdi. Ikki kurash bo‘yicha andijonlik sportchimizning qayd etgan ko‘rsatkichi 209 kilogrammga yetdi va bu oltinchi natija bo‘ldi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH. Tailand.
Ayollar, -55 kg
1. Siyun Liao (Xitoy) – 227 kg (98 + 129)
2. Jansion Chjan (Xitoy) – 222 kg (99 + 123)
3. Xidilin Diaz (Filippin) – 214 kg (93 + 121) . . .
6. Muattar Nabiyeva (O‘zbekiston) – 209 kg (96 + 113)

Ta’kidlash joiz, bu og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz qo‘lga kiritgin dastlabki medal sifatida tarixda qolmoqda. Muattar Nabiyeva ushbu ishtiroki orqali Tokio Olimpiadasi uchun juda qimmatli reyting ochkolarini ham o‘z xisobiga yozib qo‘ymoqda. Ushbu jahon chempionatining bugungi kunida Adhamjon Ergashev (-67 kg) siltab ko‘tarish mashqi bo‘yicha uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:25, 20.09.2019.
O'qildi: 1877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик