Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Bekmurod Oltiboyev Gran-pri finalida jahon chempioni bilan kurashdi

Bekmurod Oltiboyev Gran-pri finalida jahon chempioni bilan kurashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasidagi ishtirokchilar bahs olib borishdi.

Biroz avval +100 kilogramm vazn toifasining finalida terma jamoamiz vakili Bekmurod Oltiboyev jahon reytingi yetakchisi, jahon chempioni gruziyalik Guram Tushishvili bilan bahs olib bordi. Afsuski, murosasiz kechgan bellashuvda gruzin polvonining qo‘li baland keldi. Bu bilan Oltiboyev Tokio Olimpiadasi uchun 490 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, terma jamoamizning Toshkent Gran-prisida jamg‘argan medallari soni 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda va bu Rossiya terma jamoasidan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashimizni ta’minladi.

Toshkent Gran-prisida quyidagi vakillarimiz shohsupaga ko‘tarilishdi:
Oltin medal:
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev

Kumush medal:
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Bronza medal:
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
-66 kg: Sardor Nurillayev

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:23, 22.09.2019.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.