Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

APL. «Liverpul» safarda «Chelsi» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

APL. «Liverpul» safarda «Chelsi» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan “Chelsi” va “Liverpul” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. O‘yinning 15-daqiqasiga kelib, Trent Aleksandr-Arnold ajoyib zarbasi bilan hisobni ochishga erishdi. Keyinchali Aspilikueta hisobni qisqartirgan edi, biroq hakam golni inobatga olmadi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Firmino jarima to‘pidan so‘ng boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib hisobni yana bittaga oshirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari ancha faol boshladi. O‘yinning 70-daqiqasida Kante mersisaydliklarning uch futbolchisini aldab ajoyib zarba yo‘lladi va hisobni qisqartirdi. Uchrashuv so‘nggiga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi.

Chelsi – Liverpul 1:2

Gollar: 0:1 – 14 Aleksander-Arnold, 0:2 – 30 Firmino, 1:2 – 71 Kante.

Chelsi – Arrisabalaga, Tomori, Emerson (Alonso, 15), Kristensen (Zuma, 42), Aspilikueta, Kante, Kovachich, Maunt, Jorjinyo, Villian, Abraxam (Batshuayi, 77).

Liverpul – Adrian, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson (Lallana, 84), Veynaldum, Fabinyo, Mane (Milner, 71), Firmino, Salax.

Ogohlantirishlar: Tomori (20), Aleksander-Arnold (57), Fabinyo (78), Kovachich (84), Milner (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:21, 22.09.2019.
O'qildi: 3886 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик