Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Rasman! Vadim Abramov — O‘zbekiston MTJ bosh murabbiysi

Rasman! Vadim Abramov — O‘zbekiston MTJ bosh murabbiysi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. 

Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. O‘FA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini ma’qulladi. Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogi-2011da qit’a birinchiliklaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. Shuningdek, milliy terma jamoamizning o‘sha yorqin o‘yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o‘sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Umid qilamizki, yangi murabbiylar shtabi milliy terma jamoamizni katta muvaffaqiyatlarga yetaklaydi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:41, 23.09.2019.
O'qildi: 9418 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик