Milandagi "La Scala" teatrida FIFAning yilning yaxshilarini taqdirlash marosimi — "The Best" boshlandi.
«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Germaniyalik mutaxassis o‘z klubi bilan Yevropa chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Angliya premyer-ligasida 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu sovringa, shuningdek, Pep Gvardiola («Manchester Siti») va Maurisio Pochettino («Tottenxem») ham da’vogarlik qilishgan edi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi bugungi tadbirga tashrif buyurmadi.