Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Abramov uchun jiddiy sinov: yangi futbolchilar chaqiriladimi?

Abramov uchun jiddiy sinov: yangi futbolchilar chaqiriladimi?

Baho:
+ | -

Nima ham derdik, Kuperning ish uslubi futbolimizga, aniqrog‘i ayrim futbolchilarimizga to‘g‘ri kelmadi. Endi o‘zimizning milliy qahramon bilan kurashni davom ettiramiz. Milliy qahramon esa vaqtida o‘zini har jabhada yaxshi ko‘rsatgan, har tomonlama sinovdan o‘tgan murabbiy. 

Ammo ko‘ngilda bir andisha ham borki, shuni aytmasam bo‘lmas. Vadim Abramovning qaytishi oldingiday muvaffaqiyatli chiqarmikan? 

Bu gaplarni Vadim Karlenovichning bilim va mahoratiga shubha qilganim uchun emas, balki vaziyat taqozosi tufayli aytmoqdaman. Yodingizda bo‘lsa, dastlabki tayinlovda Abramov terma jamoa postiga biz uchun kutilmagan vaziyatda, o‘zi uchun esa hamma narsa ayni pishib yetilgan vaqtda kelgan edi. Jamoa yosh murabbiy Mirjalol Qosimovning himoyaviy taktikasidan zerikkan, yangi rejalar, kreativ g‘oyalarga chanqoq holatda edi. Qolaversa, Abramov Iniliyev va Qosimov davrida ham jamoa bilan birga edi. Termamizning muammolarini, o‘zidan oldingi murabbiylarning xatolarini ham ichdan bilardi. Bundan tashqari, Vadim Karlenovichga jamoani rasmiy o‘yinlarga tayyorlash uchun yetarlicha vaqt ham bor edi. Arman mutaxassisi esa qator o‘rtoqlik uchrashuvlari turli tajribalar o‘tkazib, o‘z uslubini sayqallab borgandi. Shu sa’y-harakatlar bois Osiyo kubogida munosib ishtirok etgandik. Jahon chempionatining saralash o‘yinlarida ham bir-biridan ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritgandik.

Hozir esa vaziyat butunlay o‘zgacha. Ya’ni, hamma ko‘zi to‘rt bo‘lib kutgan Abramov o‘zi uchun mutlaqo noqulay vaqtda boshqaruvga qaytmoqda.  Mutaxassis 7 yil terma jamoadan uzoqda bo‘ldi. Uning qo‘l ostida javlon urgan futbolchilarning aksariyati bugun faoliyati yakunlagan  yoki terma jamoa bilan xayrlashib ulgurgan. Kuper tuzgan tarkibdagi ayrim futbolchilar uning talabiga javob bermaydi. Aksiga olib, muhim rasmiy o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun fursat ham kam qolmoqda.

Umid qilamizki, Abramov o‘tgan davr mobaynida terma jamoa o‘yinlarini zimdan kuzatib borgan. Bosh murabbiylikka kelishini ham oldinroq bilgan va shunga mos rejalarni ishlab chiqishga ulgurgan. Aks holda, holimizga maymunlar qolib, jirafalar ham yig‘lab yuboradi. Axir navbatdagi raqib kimsan Saudiya Arabistonidan ochko tortib olgan jamoa. Ha, Yaman nomi bizga qo‘rqinchli eshitilmaydi. Ularni ham doim yutganmiiz. Ammo ushbu saralash bosqichi boshlanishidan oldin Falastin ham juda kamtarona ko‘ringan edi.

Shu bois O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 10 okyatbrdagi o‘yyindan oldin bitta o‘rtoqlik uchrashuvini tashkillashtirib bersa ziyon qilmasdi. Agarda terma jamoalardan raqib topilmasa, hech bo‘lmaganda, superligamizning birorta klubi bilan o‘yin o‘tkazilsa ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, Abramov tarkibga yangi futbolchilarni chaqirishi shubhasiz. Ularning ayni paytda qanday holatda ekani esa noma’lum.

Ravshan Ermatov boshchiligidagi jamoadan yaxshi xabarlar kutib qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:19, 24.09.2019.
O'qildi: 10638 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.