Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

«So‘g‘diyona» o‘z mavqeini tiklamoqda, yoxud o‘zgarayotgan «bo‘rilar»

«So‘g‘diyona» o‘z mavqeini tiklamoqda, yoxud o‘zgarayotgan «bo‘rilar»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning Coca Cola Superligasi boshida Sergey Lushan boshchiligidagi «So‘g‘diyona» jamoasi mavsumning ilk turida,«Bunyodkor» bilan bo‘lib o‘tgan bahsda g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng barcha jizzaxlik muhlisilar hamda, futbol mutahasislari «So‘g‘diyona» bu yilgi mavsumda ko‘pchilik grand jamoalarga keskin qarshilik ko‘rasata olishini va chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashishini tahmin qilishdi . Ikkinchi turdan boshlab esa, «So‘g‘diyona»ning ishlari teskari ketishni boshladi . Jumladan , ikkinchi turda safarda Nasaf jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda , jizzaxliklar mag‘lubiyatga uchrashdi, muhlsilar esa bu mag‘lubiyatni , “yomon tush “ deya, ta’riflashdi va keyingi o‘yinlardan o‘z sevimli jamoasidan g‘alabani kutishardi . 

Biroq , jamoa ketma-ket «Surxon» va Dinamo jamoalaridan mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi, va Super liganing ilk istefosi , Sergey Lushan o‘z hohishiga asosan jamoa bilan xayrlashdi .

Ko‘pchilik jizzaxlik muhlislarni qiynab kelayotgan savol ya’ni endi «So‘g‘diyona» jamoasini kim boshqaradi ? Savolga javob Ulug‘bek Baqoyev ko‘rinish berdi. 

Ulug‘bek Baqoyev 5-turdan oldin jamoani qabul qilib oldi .Qisqa fursat ichida jamoa bilan chiqishib oldi va debyut o‘yinida Metallurga qarshi kechgan bahsda U.Baqoyev jizzaxlik muhlisalarga g‘alabani taqdim etdi , bu esa muhlislarning quvonchiga sababchi bo‘ldi. Ulug‘bek Baqoyev jamoani qabul qilib olgandan so‘ng birinchi davradagi natijalari bilan tanishtiramiz.


21.04.2019 5-tur 
«So‘g‘diyona» – Metallurg 2-1
27.04.2019 6-tur 
«So‘g‘diyona» – Paxtakor 1-2
04.05.2019 7-tur 
Navbahor – «So‘g‘diyona» 3-1
10.05.2019 8-tur 
«So‘g‘diyona» – Andijon 2-1
19.05.2019 9-tur 
AGMK - «So‘g‘diyona» 0-2
21.05.2019 10-tur 
«So‘g‘diyona» – Buxoro 2-0
21.05.2019 11-tur 
Qizilqum – «So‘g‘diyona» 1-1
21.05.2019 12-tur
«So‘g‘diyona» – Qo‘qon -1912 2-2
21.05.2019 13-tur 
Lokomativ – «So‘g‘diyona» 2-0

Demak, Baqoyevdan 4 bor g‘alaba , 2 bor durang va 3 marotaba mag‘lubiyat .YUqoridagi o‘yinlardan so‘ng , Coca Colasuper ligasining birinchi davrasi o‘z nihoyasiga yetdi .Eslatib o‘tamiz birinchi davra yakunidan so‘ng ya’ni jamoalar qisqa muddatli tanaffusga chiqan chog‘ida, transferlar oynasi ochiladi.

«So‘g‘diyona» jamoasi ham ushbu transferlar oynasi ochilgan vaqtidan unumli foydalandi desak , mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi «So‘g‘diyona» jamoasi o‘z safiga ajoyib futbolchilarni qo‘shib oldi. Ular : Asli jizzaxlik bo‘lgan , Jasur Hasanov (AGMK) , Ivan Nagayev (Buxoro) , Sherzod Fayziyev (AGMK) va Muhammad Anas Hasanov (Qo‘qon – 1912).Qisqa muddatli tanaffusda, «So‘g‘diyona» jamoasi ikkinchi davrada bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar uchun qattiq tayyorgarlik ko‘rdi ,chunki «So‘g‘diyona» jamoasi o‘z oldiga Coca Colasuper ligasida yaxshi natija qayd etishni maqsad qilib olgandi . Qisqa muddatli tanaffus ham o‘z nihoyasiga yetdi , jamoalar o‘ziga kerakli futbolchilarni transfer qilishga ulgurdi ,chamamda.

Jumladan, «So‘g‘diyona» jamoasi ham . Ikkinchi davra bahslariga ham start berildi . «So‘g‘diyona» jamoasining ikkinchi davradaning birinchi bahsi , O‘zbekiston super ligasining sobiq chempioniga qarshi maydonga tushdi . Ushbu bahs Jizzaxning markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi . Sobiq chempionga qarshi kerchgan bahsda , jizzaxlik muhlsilar ajoyib o‘yin guvohi bo‘ldi desam , adashmagan bo‘laman.

Sababi «So‘g‘diyona» jamoasi ikkinchi davrani g‘alaba bilan boshladi . Shu ondan boshlab , U.Baqoyevga nisbatan jizzaxlik muhlislarning quvonchi ancha ortdi .Ikkinchi davrada «So‘g‘diyona» jamoasi hali beri mag‘lubiyatga uchragni yo‘q. Ketma-ket g‘alaba va durang. «So‘g‘diyona» jamoasining omadi kelyaptimi yoki U.Baqoyevning tashrifimi, bilmadim . Xulosa qilish sizdan qadrli futbol muhlisalari . «So‘g‘diyona» jamoasiga omad tilab qolamiz , g‘alaba qilishdan to‘htamasin .

Shaxzod Sarvarov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:08, 24.09.2019.
O'qildi: 3290 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик