"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub yarim himoyachisi Anssumane Fatini maqtab o‘tdi.
"Men uni ko‘rgan birinchi kunimdanoq hayratda qoldim. U juda yuqori sifatli o‘yinchi. Uni shoshiltirishning unga bosim o‘tkazishning hojati yo‘q.
Biz unga yordam berishimiz va buni asta-sekinlik bilan qilishimiz kerak, shunda uning atrofidagi shov-shuvlar uning o‘sishiga xalal bermaydi. U ajoyib o‘yinchi bo‘lish uchun hamma narsaga ega », - dedi Messi.
La Liganing 4 ta o‘yinida 16 yoshli futbolchi 2 ta gol va 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.