Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Mana buni transfer desa bo‘ladi (2-qism)

Mana buni transfer desa bo‘ladi (2-qism)

Baho:
+ | -

Yevropaning top klublari iqtidorli va kuchli futbolchilar uchun millionlarni ayamasada, ushbu transferlarning yuz foiz ish berishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Ba’zan esa, arzimagan pul evaziga harid qilingan futbolchilar jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylanadi. Buguna ana shunday futbolchilar haqidagi maqolaning ikkinchi qismini taqdim etamiz.

Aleksandr Zinchenko



Rossiyaning “Ufa” klubida to‘p surib yurgan yosh futbolchining “Manchester Siti” safiga o‘tishi haqidagi mish-mishlar barchaning kulgusiga sabab bo‘lgan edi. Shunday bo‘lsada, futbolchining agenti shu qadar yaxshi ishladiki, o‘z mijozining Angiliyaga ko‘chib o‘tishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Avvaliga Zinchenko uchun Gvardiola jamoada joy topa olmadi va ijara asosida Gollandiyaga jo‘natdi. Birinchi zarbadan so‘ng, o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan ukrainalik futbolchi asosiy tarkib uchun kurashdan cho‘chimadi va yana “Shaxarliklar” safiga qaytdi. Gvardiola iqtidorli futbolchini qanot himoyasiga joylashtirdi va Zinchenko murbbiyning ishonchini to‘liq oqlashga muvaffaq bo‘ldi. “Manchester Siti” Mendi uchun deyarli 50 million yevrodan ko‘proq to‘lagan bo‘lsada, futbolchidan naf chiqara olmadi. Zincheko esa, buning tamomila aksi. Gvardiola Ukraina terma jamoasi a’zosini qo‘lga kiritish uchun atigi 2 million yevro to‘ladi va ajoyib futbolchini qo‘lga kiritdi. Hozirda Zinchenkoning transfermarketdagi narxi 15 million yevroga teng bo‘lsada, uni qo‘lga kiritishni istagan klub 40 milliondan ko‘proq pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Nikolo Zaniola


Rimning “Roma” jamoasidagi o‘yinlari bilan yangi Totti deb e’tirof etilayotgan hujumchi “bo‘rilar” uchun atigi 4 million yevorga tushgan edi. Eng qizig‘I shundaki, Roja Naingollani qo‘lga kiritishni istagan klub aynan Zaniolani ham bonus sifatida qo‘shib berganida nimalarni hayol qilgan ekan?! Naingollan Konte tomonidan “yaroqsiz” deb topilgan bo‘lsa, Zaniola butun Italiyani hayratda qoldirishda davom etmoqda. Hozirda italiyalik futbolchining transfer qiymati 40 million yevro bo‘lsada, yozda “Roma” o‘z futbolchisini 50 million yevroga ham sotmadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, rimliklar futbolchining kelajakda jamoa yetakchisi bo‘lishiga ishonishmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Endryu Robertson



Shotlandiyalik futbolchi Chempionshipdagi o‘yinlari bilan barchaning e’tiborini o‘ziga tortgan bo‘lsada, janjalkash bolakayni hech kim o‘z jamoasida ko‘rishni istamagan edi. Klopp esa, futbolchining ko‘ngliga yo‘l topdi va uni jahonning eng kuchli qanot yarim himoyachilaridan biriga aylantidi. Hozirda Robertson o‘z qanotida hech kimga tinchlik bermasligi, hujumlarga qo‘shilish borasida ham APLda yetakchilik qilishiga o‘rganib qoldik. O‘z vaqtida Klopp tomonidan qanot himoyachisi uchun to‘langan 9 million yevro katta puldek ko‘ringan bo‘lsada, Robertson barchaning mehri va ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarket bergan xabarga ko‘ra, uning hozirda transfer summasi 60 million yevrodan oshib ketibdi. Mana buni transfer desa, bo‘ladi!

Jeydon Sancho


Gvardiola Sanchoni jamoada qolishini iltimos qilgan bo‘lsada, Jeydon zahirada o‘tirishdan voz kechdi va Bundesligaga yo‘l oldi. “Borussiya Dortmund” safidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, ko‘plab “Man Siti” muxlisalri boshlarini changallab qolishgan bo‘lsa, ajab emas. Hozirda Jeydonni qo‘lga kiritishni istagan klublar 100 million yevro to‘lashlari lozim, biroq futbolchi “Borussiya Dortmund” safiga atigi 8 million evaziga kelib qo‘shilgani ajablanarli.
Bundan tashqari, futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan “Manchester Yunayted” nemis klubi bilan futbolchi borasida ilk muzokaralarni ham o‘tkazishga urundi. Agarda Sancho “qizil iblislar” safiga o‘tsa, “shaxarliklar” uchun chinakam boshog‘riq bo‘lishi aniq.

Rafael Varan



Varanning “qirollik klubi”ga o‘tishi to‘liq Zidanning hizmatlari evaziga bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘sha davrlarda Zidan jamoaning sport direktori lavozimida faoliyat olib borar, aynan u 18 yoshlik futbolchining transferi uchun qayg‘urgan edi. Eng qizig‘i shundaki, “Lans” jamoasidagi bolakay uchun avvaliga Florentina Peres 10 million yevro to‘lashdan bosh torgan ekan. Zidan esa, o‘z rahbarini ko‘ndirgan va futbolchining transferini oxiriga yetkazib qo‘ygani tahsinga sazovar. Varan yosh bo‘lishiga qaramay, bitta futbolchi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqibgina qolmay, “Real Madrid”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishga ham muvaffaq bo‘ldi. Hozirda uning transfermarketdagi narxi 70 millonga teng

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:02, 25.09.2019.
O'qildi: 9663 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.