Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Erta so‘nggan yulduzlar

Erta so‘nggan yulduzlar

Baho:
+ | -

Bundan bir necha yil ilgari yangi Messi bo‘lishi tahmin qilinayotgan Stefan El Shaaravi Xitoyga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Butun Italiya futbolini yangi darajaga olib chiqishi kutilgan futbolchi 26 yoshidayoq grand klublar e’tiboridan qoldi va pul ishlash maqsadida Chin yurtiga yo‘l oldi. Bugun u cingari erta so‘nggan yulduzlar haqida so‘z boradi.

Boyan Kirkich



O‘z vaqida “Barselona” akademiyasidagi murabbiylar tomonidan maqtovlarga loyiq topilgan, Katoloniya klubining yangi yulduziga aylanishi kutilgan Kirkich katta futbolda hec narsaga erisha olmagani juda achinarli. Vaholanki, unda kuchli futbolchi bo‘lib yetishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud edi. Afsuski, OAV va muxlislar tomonidan o‘tkazilgan bosimga dosh bera olmagan futbolchi juda qiyin ahvolda qolib ketadi. Kirkichning o‘zi o‘sha davrlar haqida quyidagicha xotirlaydi: “Yodimda, “Barselona”dagi debyut uchrashuvidan so‘ng, o‘z honamga qamalib olib uzoq o‘tirgan edim. Neadir qaltirar, hech narsani o‘ylagim kelmas edi. Keyinchalik shunday xolat yana qayalanishidan qo‘rqib Ispaniya terma jamoasidan tushgan taklifni rad etdim va Yevro 2008 musobaqasini uyda tomosha qildim. Ba’zan osha davrlarda katta bosim bo‘lmaganida barchasi o‘zgacha bo‘lar edimi deb o‘ylab qolaman.”

Darhaqiqat, Kirkich o‘z o‘yinini tiklab olish uchun bir nechta klublarda ijara asosida to‘p surgan bo‘lsada, o‘zidagi qo‘rquvni yenga olmadi va o‘rtamiyona futbolchiga aylanib qoldi.

Iker Munyain


“Atletiko Bilbao”ning Yevropa Ligasi musobaqasidagi ajoyib o‘yinalari evaziga ko‘zga tashlangan Ikerning kelajakda top futbolchi bo‘lib yetishishga hech kim shubha qilmagan edi. Afsuski, taqdir uni og‘ir sinovlar bilan sinadi. Juda erta katta yuklamalarni olishga majbur bo‘lgan futbolchi 20 yoshga to‘lmasdan turib bir necha bor jiddiy jarohatlar oladi va o‘yin amaliyotisiz qolib ketishga majbur bo‘ladi. Futbolchi jarohatlardan forig‘ bo‘lgan bo‘lsada, o‘zining avvalgi darajasiga chiqa olmadi. Hozirda 27 yoshni qarshilayotgan futbolchi asosiy tarkibda har doim ham ko‘rinish beravermaydi. Bundan tashqari, qahramonimiz shu kunga qadar birorta mavsum davomida 10 ta gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi.

Federiko Makeda


Aleks Fergussonning yoqimtoylaridan biri sifatidagina xotiramizda qolgan futbolchning foliaytini juda yorqin boshlagan edi. O‘zining debyut uchrashuvidayoq raqib darvozasini ishg‘ol etgan Makeda sekin-asta zahiradan o‘yinlarga qo‘shilar, barchaning e’tibor markazida edi. Keyinchalik o‘z fursatini kutishni istamagan Makeda Italiyaga ijara asosida yo‘l oladi va bir mavsumdan so‘ng ortga qaytadi. Afsuski, shu bir mavsum davomida yig‘ilgan ortiqcha vazn va yo‘qolgan tezlik unga pand beradi. Fergusson futbolchini tinimisiz ijara asosida turli klublarga jo‘nataveradi…

Hozirda 27 yoshlik futbolchi Gretsiya chempionatidagi “Panatinaykos” klubida Zahira o‘rindig‘idan joy olgan. Uning transfer qiymati ham atigi 800 ming yevroni tashkil etadi.

Jovani Dos Santos


Yana bir “Barselona maktabidan yetishib chiqqan super iqtidor egasining ham taqdiri barcha kutganidek ko‘rinish olgani yo‘q. 13 yoshida Katoloniyaga ko‘chib kelgan futbolchi yoshlar orasida tengsiz bo‘lsada, asosiy jamoaga o‘tgach o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. 17 yoshidayoq debyut uchrashuvida maydonga tushgan meksikalik futbolchi yangi Anri bo‘lishi tahmin qilingan edi. Afsuski, Gvardiola futbolchining imkoniyatlariga past baho berdi va uning “Tottenhem”ga o‘tishi uchun qarshilik qilmadi. Meksikalik futbolchi Londonda o‘zini umuman yo‘qotib qo‘ydi. Birorta ham gol kiritishning uddasidan chiqmagan qahramonimiz, 3 ta klubda ijara asosida to‘p surdi va yana Ispaniyaga qaytdi. 26 yosh bo‘lishiga qaramay hozirda u MLSda to‘p surmoqda. To‘g‘ri, u MLS yulduzlaridan biri sanaladi, lekin agar “Barselona” safida o‘zini ko‘rsata olganida, hozirda birorta top klubda yetkachilik qilishi mumkin edi. Afsuski bu futbol va bu sportda oldindan hech narsani tahmin qilib bo‘lmaydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:19, 25.09.2019.
O'qildi: 8348 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.