Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Katta afisha: Qosimov vs Abramov

Katta afisha: Qosimov vs Abramov

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek futbolida murabbiylar o‘rtasidagi eng katta qarama-qarshilik, hozirda AGMK va "Bunyodkor" jamoalarini boshqarayotgan mutaxassislar Qosimov hamda Abramovning murabbiylik faoliyatidagi statistikasi va o‘zaro to‘qnashuvlariga e’tibor qaratamiz.

Ayni paytda jamoamizni boshqarib borayotgan hozirgi kundagi chempionatimizning eng sovrindor murabbiy — Mirjalol Qosimov yarim finaldagi raqibimiz "Bunyodkor" ustozi sifatida 3 marotaba O‘zbekiston Kubogida g‘olib chiqqan. "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov esa bir marotaba O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

Qiziq tomoni, ayni damda chempionatda ishlayotgan murabbiylarning barchasini ushbu musobaqada qo‘lga kiritgan g‘olibliklarini qo‘shgan taqdirda ham AGMK ustozi Mirjalol Qosimov yutgan kubok soniga tenglashmaydi. Ayni paytdagi mutaxassislar ichidan yarim finalchi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va bo‘lajak raqibimiz ustozi Vadim Abramovda bittadan O‘zbekiston Kubogi g‘olibligi mavjud.

"Bunyodkor" tarixda 4 marotaba O‘zbekiston Kubogida (2008, 2010, 2012, 2013) g‘olibga aylangan. "Qaldirg‘ochlar" ayni damda jamoamiz bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Mirjalol Qosimov qo‘l ostida (2010, 2012, 2013) 3 marotaba zafar quchishgan.

Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov shu kunga qadar chempionat, O‘zbekiston kubogi, Superkubok va Liga Kubogi doirasida jami 5 marotaba to‘qnash kelishgan. Qosimov va Abramov qarama-qarshiligida yaqqol ustunlik AGMK ustozi tarafida. Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi jamoalar Abramov boshqargan klublarni barcha musobaqalarda mag‘lub etishga erishgan. Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasi ruliga o‘tirgan va "Bunyodkor"ni boshqarayotgan Vadim Abramov faqatgina bir marotaba Superliga o‘yinida Qosimov boshchiligidagi AGMKni mag‘lub etgan. Mirjalol Qosimov esa chempionat, Superkubok, O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogida Abramov boshqargan jamoalarni 4 bor taslim qilgan.

Ushbu mutaxassislarning yana bir o‘xshashlik tarafi, taniqli va tajribali murabbiylar turli vaqtlarda terma jamoa boshqaruvida ham ishlashgan. Statistikaga nazar soladigan bo‘lsak, Qosimov terma jamoa rulida 40 o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Abramov 28 uchrashuvda ishlagan.

Mirjalol Qosimov qo‘l ostida terma jamoa 19 g‘alabaga erishgan, 9 durang va 12 bor mag‘lubiyatga uchragan. Vadim Abramov esa terma jamoa bilan 11 bor g‘alaba qozongan, 5 durang va 12 mag‘lubiyat qayd etilgan. Foiz ko‘rsatkichida qaraydigan bo‘lsak, Qosimov o‘tkazilgan deyarli teng yarim o‘yinda g‘alaba qozongan — 48%. Abramovda esa o‘tkazilgan o‘yinlar soniga nisbatan g‘alaba foizi 39ni tashkil qiladi. Shuningdek, Abramov terma jamoa rulida g‘alabadan ko‘ra ko‘proq mag‘lubiyatga uchragan. Ya’ni, bu borada statistika Mirjalol Qosimov ustunligini namoyon qilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, har ikkala mutaxassis terma jamoa bilan Osiyo Kubogida ham qatnashgan. Qatarda o‘tgan qit’a chempionatida Abramov terma jamoa bilan yarim finalga qadar chiqqan bo‘lsa, 2015 yilgi musobaqada Qosimov terma jamoa rulida chorak finalda Janubiy Koreyaga qo‘shimcha taymlarda yutqazgandi.

Tajribali mutaxassislar OCHLda ham ishtirok etishgan. Qosimov "Bunyodkor"ni nufuzli musobaqada ikki marotaba yarim finalga qadar yetaklagan bo‘lsa, Abramov "Lokomotiv" boshqaruvida guruhdan chiqa olmagan.

Mirjalol Qosimov OCHL doirasida o‘tkazilgan 38 o‘yinda quyidagi natijalarni qayd etgan: 14 g‘alaba, 14 durang va 10 mag‘lubiyat.

Vadim Abramov esa OCHL doirasida ishlagan 6 uchrashuvda quyida natijalarga erishgan: 1 g‘alaba, 1 durang hamda 4 mag‘lubiyat.

O‘zbekiston chempionatida Qosimov 190 o‘yin o‘tkazgan, Abramovda esa 223 o‘yin mavjud. AGMK ustozi Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoalar chempionatda 121 g‘alaba, 34 durang va 35 mag‘lubiyat qayd etgan.

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov boshqargan jamoalar chempionatda 111 g‘alaba, 37 durang va 75 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.


Mirjalol Qosimovning murabbiylik faoliyatida erishgan yutuqlari:
O‘zbekiston chempioni: 3 (2010, 2011, 2013)
O‘zbekiston Kubogi sohibi: 3 (2010, 2012, 2013)
O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 1 (2014)
OCHL yarim finalchisi: 2 (2008, 2012)


Vadim Abramovning murabbiylik faoliyatida erishgan yutuqlari:
O‘zbekiston kubogi sohibi: 1 (2014)
O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 1 (2015)
Osiyo Kubogi yarim finalchisi: 1 (2011)

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 09:10, 25.09.2019.
O'qildi: 5140 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.