Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/06 00:00 Chexiya 1-2 Turkiya
27/06 00:00 Gruziya 2-0 Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador 3-1 Yamayka
27/06 06:00 Venesuela 1-0 Meksika
27/06 20:00 Neftchi 1-1 Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor 1-0 Bunyodkor
28/06 03:00 Panama - AQSh
28/06 06:00 Urugvay - Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona - Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum - OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya - Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya

Qilichbozlikda Markaziy Osiyo mintaqasidan ilk bor hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlarida hakamlik qiladi

Qilichbozlikda Markaziy Osiyo mintaqasidan ilk bor hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlarida hakamlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Olimpiya o‘yinlari ishtirok etish sport ichida yurgan har qanday soha vakillarining orzusi. U xoh sportchi bo‘lsin, jurnalist, hakam va hokazo. Kecha O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasiga Xalqaro qilichbozlik federasiyadan kelgan rasmiy maktub Aida Hasanova uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Ushbu xatda xalqaro toifadagi hakam hamyurtimiz Aida Hasanovaning ism-sharifi kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar qatorida keltirib o‘tilgan. E’tiboringizga qilichbozlikning uch yo‘nalishida ham yuqori saviyada hakamlik qila oladigan ushbu hamyurtimizning faoliyati va Olimpiada yo‘llanmasi uchun bosib o‘tgan yo‘li mavzusida olgan intervyumizni havola qilamiz.

Hakamlikka qadam

Sportchi bo‘lganimda rapirada jang qilganman. Atletlik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin bor e’tiborimni hakamlikka qaratdim. Musobaqalarda bellashib yurganimda ham faoliyatimni tugatsam, hakamlik qilishni niyat qilib qo‘ygandim. 2014 yil Iordaniyada o‘tkazilgan imtihonni a’lo bahoga topshirib, xalqaro toifadagi hakam darajasini oldim”.

Olimpiadada hakamlik qilish

“Olimpiada uchun hakamlar ham xuddi sportchilar kabi reyting ochkolarini yig‘ib borishadi. 2014 yildan beri sekin-asta katta-katta musobaqalarda ishladim. Bu yil jahon chempionatining finallarida ham hakamlik qildim. Ayni paytda jamg‘argan ballarim Tokio Olimpiadasida ishlash uchun yetarli bo‘ldi. Biroq kerakli ball yig‘gan hamma ham Olimpiadaga bora olmaydi. Buning uchun Xalqaro qilichbozlik federasiyasining hakamlar komissiyasi ushbu nomzodlar orasida 30 ga yaqin eng sara referilarni tanlab oladi”.

Oldindagi rejalar

Men yoshligimdagi orzularimdan biriga erishdim. O‘z ustimda ishlab, Olimpiada finalida ham hakamlik qilish uchun astoydil mehnat qilaman. Finalda sportchilar qatori hakamlarni ham butun dunyo diqqat bilan kuzatib boradi. Bu bilan to‘xtab qolish yo‘q, albatta. Tokiodan keyin Parij va Los-Anjeles Olimpiadalarida ishlaydigan hakamlar qatoriga kirish uchun ham harakat qilaman”.

E’tiborli raqamlar

Aida Hasanova xalqaro toifadagi hakamlik darajasini olgandan beri Olimpiadachilar qatoriga kirish uchun 5 yil ishladi. Ushbu hamyurtimiz Tokioda faoliyat olib boradigan ayol hakamlar orasida yagona. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidan Olimpiadada ishlaydigan birinchi hakam bo‘ladi.

Tokio Olimpiadasida nafaqat sportchilar, balki hakamlar qatorida ham yurtdoshlarimizning faoliyat olib borishi biz uchun faxr. Zero, Aida Hasanovadek tajribali hakamlarimizning ko‘payishi qilichbozlikning yurtimizdagi rivoji uchun ulkan xissa qo‘shishi tabiiy. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Aida Hasanovaning kelajakdagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:25, 25.09.2019.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.