Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi.  O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada yig‘in o‘tkazib, Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Oktyabr oyida ham O‘zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz Tailandda o‘tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga taklif oldi. Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vyetnam yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqa 2 ta o‘yin kunidan iborat bo‘lib, yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar esa 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishadi.

“GSB Bangkok Cup” musobaqasi taqvimi:

10 oktyabr | Yarim final
Janubiy Koreya U19 – O‘zbekiston U19
Tailand U19 – Vyetnam U19

12 oktyabr | 3-o‘rin uchun
1-o‘yin mag‘lubi – 2-o‘yin mag‘lubi

12 oktyabr | Final
1-o‘yin g‘olibi – 2-o‘yin g‘olibi

 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:02, 25.09.2019.
O'qildi: 2106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.