Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bizga na Abramov yoqadi, na boshqasi?

Bizga na Abramov yoqadi, na boshqasi?

Baho:
+1 | -1

Muxlislik haqida har xil fikr bildirishadi, muxlislar sotqin, muxlislar o‘zgaruvchan, muxlislar ikkiyuzlamachi… Milliy terma jamoa atrofida sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealar menga bunday fikrlarda asos borligini ko‘rsatdi, alohida ta’kidlayman, bu hamma muxlisga emas, aksar muxlislarga tegishli gap.

AVVAL YAXSHI, HOZIR YOMON

Ochig‘i, Ektor Kuper ketar mahali ko‘pchilik «Vadim Abramov kelsin», deya fikr bildirgandi. O‘zim ham bundan mustasno emasman. Mana, orzuyimiz amalga oshib, Abramov MTJga bosh murabbiy bo‘ldi. Ammo negadir ijtimoiy tarmoqlarda negativ fikrlar hamon tinmayapti. Hayratlanarlisi, Ektor Kuperni yomonlab, o‘zini ko‘rsatishga uringan ayrim muxlislar endi Abramovni yomonlashga o‘tishibdi. Qizig‘i, ular orasida «Abramov bosh murabbiy bo‘lsin» deya niyat qilganlar ham bor. Bugun ular ham Vadim Abramovga tosh otishmoqda. Endi Abramov yomon, Abramov totalizator, Abramov u, Abramov bu.

FAQAT NEGATIV FIKRLAR

«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida Abramov deganda ko‘pincha bir voqeani eslashadi: 0:6. Ha, o‘sha Avstraliyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyat. Shu o‘rinda bir gapni aytmoqchiman, agar Ektor Kuper davridagi termamiz o‘sha Abramov to‘qnashgan darajadagi Avstraliya bilan o‘ynaganida holimiz bundan-da battar bo‘lishi mumkin edi.

Abramovning Babayan, Qosimov, Kuperdan farqli jihati, unda maqtab eslaydigan natijalar ham bor. Masalan, Yaponiya terma jamoasini 1:0 hisobida taslim etganimiz. Rahmatli Aleksandr Shadrinning yagona goli bizga tarixiy g‘alaba keltirgan edi. Yoki Eronga qarshi o‘sha shiddatli o‘yinni olaylik. Qani hozir shunday o‘yinlar? Abramov ikkita hujumchi bilan qo‘rqmay o‘ynay olgan murabbiy. Nega ana shu jihatlarni eslamaymiz, nega faqat kamchiligini qo‘msaymiz?

BEMAZA BASHORATLAR

Hozirdan ijtimoiy tarmoqlarda turli bema’ni bashoratlar, shu bilan birga Abramov shaxsiga turli xunuk fikrlar yangramoqda. Bizga nima kerak o‘zi? Biz muxlislar nima xohlaymiz? Nega mustaqil fikrimiz yo‘q? Nega kimdir kelib, «Abramov — omadsiz murabbiy, u hech narsaga erisha olmaydi», desa, Abramovga xayrixohlikni to‘xtatib, darrov o‘sha fikrga qo‘shilib olamiz. Nega? Bunday deyishimga sabab, muxlislar orasida "Abramov bu safar ham o‘tgan galgidek oxirida qovun tushiradi", deydiganlar ko‘paymoqda. Yana xuddi kelajakda nima bo‘ladiganini biladigandek, norozilik bildirsangiz, "To‘g‘ri gap-da", deb qo‘yishlariga nima deysiz?

REAL QARASHNI O‘RGANISH KERAK

Vaziyatga real qarashni o‘rganish kerak. Abramovning oldingi safar omadsizlikka yo‘liqqani bu safar ham shunday bo‘ladi degani emas. Vadim Korleonevich — tajribali mutaxassis. Uning, ayrim muxlislar ta’biriga ko‘ra, «totalizator qiroli»ligi esa birgina unga emas, butun o‘zbek futboliga taalluqli muammo agar ayni damda chindan ham totalizator mavjud bo‘lsa.

Bir narsa aniqki, biz o‘zimizni shunchalik aqlli, dono deb hisoblaymizki, kezi kelsa Klopp yoki Gvardiola terma jamoamizga kelsa, ularni bir yomonlab o‘tamiz. Bunday bo‘lish yaramaydi. Vaziyatga ijobiy yondashsak, yakun ham shunday bo‘ladi. Abramovni qoralashdan to‘xtab turaylik, oldin natija ko‘rsatsin. Ko‘rsatgan o‘yiniga qarab keyin fikr bildirgan o‘rinli, har holda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:55, 25.09.2019.
O'qildi: 11442 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.