Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Suzuvchilarimizdan yana ikki medal, bu gal yigitlarimiz qozog‘istonlik suv polochilardan ustun kelishdi

Suzuvchilarimizdan yana ikki medal, bu gal yigitlarimiz qozog‘istonlik suv polochilardan ustun kelishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Hindistonning Bangalor shahrida suv sporti turlari bo‘yicha turli yosh toifadagi guruhlar o‘rtasida o‘ninchi Osiyo chempionati davom etadi. Vakillarimiz ushbu musobaqaning har bir kunida shohsupaga ko‘tarilib kelishmoqda. Ortqa qolgan navbatdagi kun ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Suzuvchimiz Xurshidjon Tursunov 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvda 50,56 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi bahslar doirasida Adilbek Yusupbayev 100 metrga chalqancha suzish bellashuvida bronza medali bilan taqdirlandi.

Yana bir e’tiborli tomoni, ayollar jamoasidan so‘ng suv polosi bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz guruh bosqichida qozog‘istonlik raqiblariga qarshi bellashuvda 10:9 hisobida ustun kelib, muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirishmoqda. Afsuski, bu turda qizlarimiz bo‘lajak Olimpiada mezbonlariga 12:16 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:24, 27.09.2019.
O'qildi: 1549 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик