Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz va ularning murabbiylarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz va ularning murabbiylarini mukofotladi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin:

«O‘zbekiston iftixori» 

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li    –    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li    –    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» 

Kurbanov Marat Galiyevich    –    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev To‘lkin Maxmurovich    –    Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi

Erkayev Baxodir Turgunovich    –    Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» 

Zoirov Shaxobidin Shokirovich    –    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li    –    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li    –    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Shuhrat» medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich    –    Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Jizzax viloyati

Qilichev Farruh Komilovich    –    Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati                                                  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:50, 28.09.2019.
O'qildi: 17405 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.