Kirish Ro'yxatdan o'tish

Taekvondochilarimiz Rossiya ochiq chempionatini to‘rtta oltin medal bilan boshlashdi

Taekvondochilarimiz Rossiya ochiq chempionatini to‘rtta oltin medal bilan boshlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Rossiya poytaxtida taekvondo bo‘yicha navbatdagi xalqaro musobaqa start oldi. G1 toifasiga kiruvchi Rossiya ochiq chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ilk kunida 4 ta oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Yigitlardan Jasur Jaysunov (-68 kg) muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, qizlarimizdan Feruza Sodiqova (-62 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Ta’kidlash joiz, ushbu musobaqa kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun lisenzion ochko beradigan turnir va hamyurtlarimiz o‘z hisoblariga 10 reyting ochkolarini yozdirib qo‘yishmoqda. Bugun bo‘lib o‘tadigan bahslarda 8 nafar vakilimiz dayanga chiqadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:48, 29.09.2019.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик