Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Valverdening iste’fosi uchun 4 ta sabab

Valverdening iste’fosi uchun 4 ta sabab

Baho:
+ | -

Hozirda Katoloniya super klubining ishlari umuman yurishmayapti.  Jamoa o‘z tarixidagi eng yomon mavsum startini boshidan o‘tkazmoqda.  Bunda murabbiyning nechog‘lik aybi bor? Bugun shu mavzu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

“Barselona” o‘z uslubini yo‘qotib qo‘ydi

Aynan Valverdening qo‘l ostida klub o‘z o‘yin falsafasidan voz kechdi va qarshi xujumlarga tayanivchan ehtiyotkor klubga aylanib qoldi.  Xozirda “Barselona”ning o‘yin uslubi ko‘proq “Atletiko Madrid”nikiga yaqinlashib bormoqda.  Valverde qo‘l ostida jamoa 2 ta mavsum o‘tkazgan bo‘lsa,  ikkalasida ham to‘p nazorati bo‘yicha eng past ko‘rsatgichni qayd etgani kishini hayron qoldiradi.  Jamoaviy o‘yin va chiroyli paslar orqali hujumga o‘tishdan to‘liq voz kechildi.  To‘g‘ri,  “Barselona” hozir ham to‘pni o‘zida yaxshi ushlab turmoqda,  ammo bu havfli hujum yaratishda jamoaga umuman qo‘l kelmayapti.  Aynan o‘zgacha uslub ortidan jamoa neytral muxlislarini yo‘qotayotgan bo‘lsa,  o‘z muxlislarining asabini taranglashtirmoqda.

Valverde qo‘l ostida hech kim porlamayapti

Aynan Valverdening o‘yin uslubi sababli kuchli futbolchilar o‘zlarini to‘liq namoyish eta olishmayapti.  Juda iqtidorli sanaladigan Koutinyo ham aynan murabbiyning o‘quvsizligi sababli klubda o‘ziga mos pozisiyada harakat qila olmagan bo‘lsa,  Dembele umuman o‘z potensiyalini yo‘qotib bormoqda.  Achinarlisi shundaki,  Ernesto Grizmandan ham ehtiyot bo‘lib foydalanmoqda.  Uning g‘oyalari tufayli “Barsa”da birorta fubolchi o‘yinni o‘z qo‘liga olishni istamayapti va barcha hujum paytida Messini qidirib qolishga majbur bo‘lmoqda.  Hozirda, tarkibdagi futbolchilar o‘yinda to‘liq o‘z mahorati evaziga g‘alaba qozonishdan boshqa chora topa olmayapti.  Afsuski,  Ernesto “Barselona”ni standart vaziyatlardan kiritilgan gol evaziga g‘olib bo‘ladigan klubga aylantirib qo‘ydi.

Valverde ijodkor emas

Murabbiyning qo‘l ostida qanchalar kuchli tarkib bo‘lmasin,  u o‘yin davomida barchasini tubdan o‘zgartib yubora oladigan qarorlar qabul qila olmaydi.  Eng achinarlisi shundaki,  zahiradan futbolchi tushirish orqali o‘yinni kuchaytirsh borasida uning qarorlari ko‘pincha o‘zini oqlamaydi.  “Barselona”ning o‘yin uslubida “b” rejaning o‘zi yo‘q ekanligi esa,  muxlislarni yanda g‘azab otiga minishiga sabab bo‘lmoqda.

Valverde “Avtoritet” emas

Qahramonimiz klubda katta hurmatga ega emas deyish noo‘rindek tuyular,  biroq voqeyalar rivoji shunga sha’ma qilmoqda.  Ernesto Messi bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yish maqsadida uni to‘liq qora ishlardan ozod etdi va unga maydonda pressingda ishtirok etmaslik huquqini taqdim etdi.  To‘g‘ri,  Leo o‘tgan mavsumda ayanan shu qaror sababli juda ko‘p gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi,  biroq jamoaning natijalari fonidan uning kiritgan gollarining sira ahamiyat yo‘q.  Afsuski,  Pike,  Buskets singari klub faxriylarga Valverde kerakli so‘zlarni yetkazib bera olmayapti.  Aks xolda,  klub sha’ni uchun maydonda jang qiladigan yigitlar mag‘lubiyatalarga bu qadar beparvo qaramagan bo‘lar edi.

Sharmandali mag‘lubiyatlar

Ernesto Valverde so‘nggi 10 yil ichida jamoa qabul qilib olgan eng alamli ikkita mag‘lubiyatning (“Roma” va “Liverpul”) bosh sababchilaridan biri sanaladi.  Ushbu mag‘lubiyatlar jamoada uning mavqeyiga kuchli ta’sir o‘tkazmay qolmasligi mumkin emas.  Bundan tashqari Valverdening sovuqqonligi bois,  u qo‘l ostida “Barselona” tajavuzkor futbol namoyish etishning udasidan chiqa olmayapti.  Qahramonimiz so‘nggi kunlarda chinakamiga internet olamida salbiiy qahramonga aylanib qoldi.  Unga bo‘layotgan tashqi bosim jamoa o‘yinida o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.   

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:58, 29.09.2019.
O'qildi: 16886 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.