Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. «V» guruhi. «Bavariya» «Tottenxem»ni yanchib tashladi, Gnabridan poker

YECHL. «V» guruhi. «Bavariya» «Tottenxem»ni yanchib tashladi, Gnabridan poker

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida "Tottenxem" o‘z uyida "Bavariya"ni qabul qilib, o‘ta yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv esa londonliklar uchun muvaffaqiyatli boshlangan edi. Son Xyon Min 12-daqiqada myunxenliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Germaniyaliklar esa tezda hisobni tenglashtirib, birinchi bo‘lim tugash arafasida Levandovskining goli hisobda oldinga chiqib olishdi.

Ikkinchi taymda Serj Gnabrining yulduzli onlari boshlandi. 24 yoshli futbolchi bo‘lim avvalida ikki daqiqa ichida ikkita gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Xarri Keyn penaltidan hisobni 2:4ga yetkazib, o‘yinga intrigani qaytargandek bo‘lgandi. Ammo so‘nggi 10 daqiqada Gnabri yana 2ta, Levandovski esa bitta gol urib, yakuniy hisobni 2:7 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

"V" guruhidan o‘rin olgan "Srvena Zvezda" va "Olimpiakos" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda serblar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda greklar futbolchisi Benziya maydondan chetlatilgani mezbonlarga qo‘l keldi.

Ikkinchi turdan so‘ng "Bavariya" 6 ochko bilan peshqadam, "Tottenxem" esa 1 ochko bilan jadvalda so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur

«B» GURUHI
Tottenxem Angliya – Bavariya Germaniya 2:7 (1:2, 1:5)
Gollar: 1:0 – 12 Son Xyon Min, 1:1 – 15 Kimmix, 1:2 – 45 Levandovski, 1:3 – 53 Gnabri, 1:4 – 55 Gnabri, 2:4 – 61, penalti Keyn, 2:5 – 83 Gnabri, 2:6 – 87 Levandovski, 2:7 – 88 Gnabri.
Tottenxem – Lyoris, OrYE, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Uinks (Lamela, 81), Ndombele (Eriksen, 64), Sissoko, Alli (Lukas Moura, 71), Son Xyon Min, Keyn.
Bavariya – Noyer, Pavar, Zyule, Boateng (Martines, 72), Alaba (Alkantara, 46), Kimmix, Tolisso, Koman (Perishich, 71), Koutinyo, Gnabri, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Gnabri (25), Ndombele (42), Keyn (46).

Srvena Zvezda Serbiya – Olimpiakos Gresiya 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 37 Ruben Semedu, 1:1 – 62 Vulich, 2:1 – 87 Milunovich, 3:1 – 90 Boachi.
Srvena Zvezda – Boryan, Gobelich, Milunovich, Degenek, Rodich, Yovanchich (Vulich, 55), Kanyas (Petrovich, 73), Garsiya, Marin, van La Parra (Boachi, 61), Tomane.
Olimpiakos – Joze Sa, Torosidis, Ruben Semedu, Merya, Simikas, Buxalakis, Kamara (El-Arabiy, 89), Masuras (Elabdellaui, 79), Benziya, Lovera (Podense, 61), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Rodich (26), van La Parra (36), Benziya (42), Boachi (80), Petrovich (83), Torosidis (90), Marin (90).
Chetlatish: Benziya (57).

Jamoa O‘   G‘  D  M  T - N Ochko
1 Bavariya 2 2 0 0 10-2 6
2 Srvena Zvezda 2 1 0 1 3-4 3
3 Olimpiakos 2 0 1 1 3-5 1
4 Tottenhem 2 0 1 1 4-9 1
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:32, 02.10.2019.
O'qildi: 7256 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик