Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Isroil Madrimovni kutib ol, «Medison skver garden»!

Isroil Madrimovni kutib ol, «Medison skver garden»!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksda yorqin janglari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lib kelayotgan vakilimiz Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni o‘tkaziladigan o‘zining navbatdagi janggiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Hamyurtimiz o‘zining prof boksdagi uchinchi bahsini meksikalik Alexandro Barreraga qarshi o‘tkazadi. Barrera shu paytgacha 34 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 29 jangda g‘alaba qozongan va 5 bor mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rdi. Ayni paytga kelib Madrimov Nyu-Yorkda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib bormoqda. E’tiborlisi, kecha bokschimiz Nyu-Yorkdagi markaziy ko‘chalarning birida ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi. Uni tomosha qilish uchun shaharda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz va ko‘p sonli boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Bo‘lajak jang mashhur “Medison skver garden” arenasida o‘tkaziladi. Unda markaziy bahs qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va ukrainalik Seregiy Derevyanenko o‘rtasida kechsa, mutaxassislar hamyurtimiz ishtirokidagi jangni ahamiyati jihatidan undan keyingi pog‘onaga qo‘yishmoqda. Bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan taxminan tonggi soat 06:00dan keyin boshlanadi. Albatta, bunda avvalgi qarama-qarshiliklarning qanchalik erta yakunlanishiga ham ko‘p jihat bog‘liq. Boks ixlosmandlari Madrimov-Barrero o‘rtasidagi jangni “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishlari mumkin.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:12, 02.10.2019.
O'qildi: 3154 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.