Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

A seriya. Dramatik o‘yinda «Milan» g‘alaba qozondi (videosharh)

A seriya. Dramatik o‘yinda «Milan» g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 7-turi doirasida "Milan" safarda "Jenoa" klubi mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘limni genuyaliklar faol o‘tkazishdi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Taym tugashiga 4 daqiqa qolganida "Jenoa" yarim himoyachisi Lasse Shyone jarimadan zarba yo‘lladi. Pepe Reyna shundoqqina qo‘liga kelib tushayotgan to‘pni o‘tkazib yubordi.

Futbolchilar tanaffus uchun maydondan chiqib ketayotgan paytda hakam mezbonlar futbolchisi Saponarani maydondan chetlatdi. Bu esa ikkinchi bo‘limda "Milan"ga qo‘l keldi. Taym boshida ular jarima zarbasini tezkorlik bilan amalga oshirishdi. Teo Ernandes chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan hakam VAR yordamida "Jenoa" darvozasi tomon penalti belgilash bilan birgalikda himoyachi Biraskiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Kessie esa 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, "rossoneri"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida "Milan" himoyachisi Kalabriya ikkinchi ogohlantirishni oldi va maydonni tark etdi. "Jenoa" esa bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay oldinga tashlandi. Natijada o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda ular penalti ishlashdi. Penaltidan yo‘llangan zarbani Reyna qaytardi va jamoasining g‘alabasini saqlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Milan" o‘z ochkolarini 9taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Italiya A seriyasi, 7-tur
Jenoa – Milan 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 41 Shyone, 1:1 – 51 Teo, 1:2 – 57, penalti Kessie.
Jenoa – Radu, Gilyone, Sapata, Romero, Payach, Shyone, Lerager (Pandev, 88), Radovanovich, Krishito (Biraski, 11), Pinamonti (Favilli, 73), Kuame.
Milan – Reyna, Romanyoli, Kalabriya, Teo, Leo Duarte, Bigliya, Kessie, Bonaventura (Konti, 81), Chalxanoglu (Lukas Paketa, 46), Suso, Piontek (Rafael Leau, 46).
Ogohlantirishlar: Sapata (23), Kalabriya (43), Bigliya (62), Lerager (64), Shyone (67), Lukas Paketa (84), Romero (88).
Chetlatishlar: Saponara (45+2), Biraski (56), Kalabriya (79), Kastilyexo (o‘yindan keyin).
Noaniq penalti: Shyone (90+3, darvozabon)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:20, 06.10.2019.
O'qildi: 5199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.