Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchi

Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

MMA jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda jang san’ati akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Sankt-Peterburgda o‘tgan Sinergiya global forumi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda kelgusida MMAni rivojlantirib, akademiyamni ochish niyatidamiz.

O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p. Nafaqat do‘stlarim, muxlislarim ham juda ko‘p. Adashmasam, u yerda 35 million aholi bor. Dunyoning qayeriga borsam ham, o‘zbeklar oldimga kelib, omad tilashadi», – dedi Nurmagomedov.

Habib, shuningdek, 23 noyabr kuni Toshkentda amakivachchasi Umar Nurmagomedov ishtirokida o‘tadigan GFC-21 musobaqasi «Humo» arenasida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Biz u yerda GFC-21 turnirini o‘tkazamiz. Bu – O‘zbekiston tarixidagi ilk MMA musobaqasi bo‘ladi. Adashmayotgan bo‘lsam, turnirni «Humo» arenasida o‘tkazamiz.

[Bu g‘oyani] hukumat qo‘llab-quvvatlayapti. Musobaqada o‘zbekistonlik 7 nafar, bizning zalimizdan esa 6 nafar jangchi qatnashadi», – dedi dog‘istonlik jangchi.

Habib Nurmagomedovning aytishicha, u navbatdagi jangini kelasi yil mart yoki aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 09:00, 08.10.2019.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.