Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Valverde nega iste’foga chiqarilmayapti?

Valverde nega iste’foga chiqarilmayapti?

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘tgan mavsumdagi omadsizliklar va yangi mavsum boshidagi yomon startga qaramay o‘z postida qolmoqda. Xo‘sh nega «Barselona» unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ymayapti? Bugun murabbiyni Katoloniyada ushlab turgan jihatlari borasida so‘z boradi.

Natija uchun o‘yin

 



Ernesto Valverde «Barselona» ni yomon o‘yin ko‘rsagan taqdirda ham g‘alaba qozonishga o‘rgatib bormoqda. Aynan Ernesto «Barselona» futbolchilarini taktik tomondan o‘sishga va jamoaviy himoyada o‘ynashga o‘rgatishni uddaladi. Uning qo‘l ostida darvozabon yoki himoyachilarning qo‘pol xatosi deyarli ko‘zga tashlanmayapti. O‘zining natija uchun ko‘rsatayotgan futboli bilan ham Ernesto Ispaniyada birinchi raqamli klubbo‘lib turgani e’tiborga molik. So‘nggi ikki mavsumdan beri ichki chempionatda g‘olib chiqayotgan Valverde o‘tgan mavsumda «Liverpul»ga boy berilgan o‘yinni inobatga olmasa, deyarli fantastik mavsum o‘tkazdi. Afsuski, sovrinlarni boshqa klublar ilib ketishdi.

O‘tish davri

«Barselona» qanchalar kuchli bo‘lmasin, Ernesto Valerdening davrida jamoaning asosiy futbolchilari o‘tish yoshida ekanligini tan olish lozim. Messi(32), Pike(32), Buskets(31), Alba(31), Suarez(32), Rakitich(31) singari futbolchilar qanchalar istamasin avvalgi darajada futbol namoyish eta olmasliklari kundek ravshan. Ularning jismoniy xolati sababli «Barselona» avvalgidek kuchli pressing ishlata olmagani bois, Valverde progmatik futbolni yo‘lga qo‘yishga majbur bo‘lmoqda. AYnan uning qarori sababli yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilar yana bir necha yil kuchli o‘yin namoyish etishlari mumkin. Tinimsiz g‘alabalardan charchab ketgan, motivasiyasiz futbolchilar bilan ham Ispaniyada birinchi raqamli jamoa nomini saqlab turgan Valverdea qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.

Messi bilan munosabatlar



Ispaniyalik murabbiyning Leo Messi bilan aloqalari do‘stona ekanligindan xabaringiz bor. «Barselona» jamoasida Messisiz deyarli hech narsaga erishib bo‘lmasligini bilish uchun futbol mutaxassisi bo‘lish shart emas. Valverdening topqirligi va taktik kuchli murabbiyligi sababli, Messi o‘tgan mavsumda fantastik sermahsullik namoyish etdi. Ernesto Messini maydondagi barcha qora ishlardan ozod qildi va to‘liq hujum boshlovchi futbolchiga aylantirdi.

«Liverpul»ga qarchi «Enfild»dagi o‘yindan so‘ng, Messi murabbiyning klubda qolishi uchun kurashdi va mag‘lubiyatga futbolchilar sababligi haqida bayonet berganidan xabaringiz bor. Dunyodagi eng nomdor jamoada ichki muhitni yaxshi ushlab turgan Valverdenin mehnatlari ko‘zga tashlanmasada, futbolchilar tomonidan bir necha bor e’tirif etildi. Bu esa, murabbiyning yuqori darajadagi mutaxassis ekanligidan dalolat.

«Kechuvda otlar almashtrilmaydi»


So‘nggi 20 yil davomida birorta murabbiy mavsum o‘rtasida klubga kelib barchasini o‘zgartirib yuborganini hech kim eslay olmasa kerak. Darhaqiqat, mavsum o‘rtasida murabbiyni almashtirishdan hech qanday naf yo‘q. Uzoq yillar davomida kuchli futbol namoyish etgan «Manchester Yunayted» hozirgi «Manchester siti» va «Liverpul» klublari ham bardavom o‘yin uslubini shakillantirish ortidan katta g‘alabalarga erishganini unutmaslik lozim. Agarda Valverde klubni tark etsa, uning o‘rniga kelgan mutaxassis uchun moslashib olish va futbolchilar bilan yaqindan tanishish uchun bir necha oy vaqt talab etiladi. Bu esa, o‘ta muhim ochkolarning boy berilishi degani. Bundan tashqari, mavsum boshida Katoloniya klubiga bir nechta kuchli futbolchilar keldi va murabbiy ulardan naf chiqarishi uchun biroz vaqt talab etiladi.

Uning o‘rnini egallay oladigan murabbiyning o‘zi yo‘q!

Darhaqiqat, Katoloniya klubi Ernestoni iste’ga chiqargan taqdirda ham uning o‘rnini kim bilan to‘ldiradi? Erik ten Hag «Ayaks» bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Tuxel va Nagelsman xali bunday lavozim uchun tayyor emas. Alegrining o‘yin falsafasi Valverdenikidan deyarli farq qilmaydi. Balki Joze Mourinyo taklif etilar? Menimcha buning sira iloji yo‘q! Katta ehtimol bilan mavsum so‘nggiga qadar kutish lozim. Agarda ushbu mavsum ham omadsiz yakunlansa, katta ehtimol bilan klubni keying mavsumda Xavi murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Hozirda Qatarda faoliyat olib borayotgan qahramonimiz tajriba to‘plamoqda. «Barselona» uchun hozir Valverdeni jamoada olib qolish, uni ketkazib yuborishdan ko‘ra ko‘proq naf keltirgani bois, rahbariyat murabbiyga so‘nggi imkoni berishga qaror qilgan ko‘rinadi. O‘ylashimcha «Barselona» uchun hozirda bu eng to‘g‘ri qaror.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:52, 08.10.2019.
O'qildi: 9965 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.