Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ertaga O‘zbekiston – Yaman o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Ertaga O‘zbekiston – Yaman o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqich 3-turi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Ertaga, 9 oktyabr kuni mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumani hamda rasmiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Dastavval, soat 16:30da Yaman terma jamoasi ustozi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Yaman terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazadi. Mashg‘ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

So‘ngra soat 17:30da “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov jurnalistlarning o‘yin oldi savollariga javob qaytaradi. Milliy jamoamizning rasmiy mashg‘uloti esa soat 18:00da bo‘lib o‘tadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini mazkur uchrashuv va uning o‘yinoldi tadbirlarini yoritishga taklif etamiz.

Ta’kidlash joiz, o‘yin oldi matbuot anjumanidan so‘ng milliy terma jamoamizning JCH-2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarini bevosita stadiondan yoritish maqsadida akkreditasiya uchun hujjat topshirgan OAV vakillariga maxsus akkreditasiya kartochkalari tarqatiladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:48, 08.10.2019.
O'qildi: 4239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.