Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aliboyev va Shomurodov MTJ mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Aliboyev va Shomurodov MTJ mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inni davom ettirmoqda. Terma jamoamiz safida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan Lutfulla To‘rayev murabbiylar qaroriga asosan milliy jamoa lagerini tark etdi. Bugundan boshlab To‘rayev mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.

Qolaversa, legionerlarimiz Ikrom Aliboyev va Eldor Shomurodov ham bugundan terma jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshladi.

Shuningdek, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Janubiy Koreyaga yo‘l olishi haqida xabar bergan edik. Koreyaga ketish oldidan shamollab qolgan Oston O‘runov o‘rnini Mashxurjon Muhammadjonov egalladi va shu tariqa "Nasaf" darvozaboni Koreyaga yo‘l oldi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:39, 08.10.2019.
O'qildi: 6589 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.