Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Abramov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Denisov, Qodirqulov va Lutfulla To‘rayev haqida gapirdi

Abramov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Denisov, Qodirqulov va Lutfulla To‘rayev haqida gapirdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Yaman milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv terma jamoamizning yirik 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov savollarga javob berib o‘tdi.

— Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarda biroz hayajon sezildi, chunki o‘yin ahamiyati yuqori edi. Ammo ular bu bosimni yengib o‘ta olishdi va g‘alaba qozonishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

— Jamoangiz yirik hisobda g‘alaba qozondi, ammo nima uchun sizning kayfiyatingiz yaxshi emas?

— Men u yoshdan o‘tganman. G‘alaba qozondik, bu yaxshi. Ammo xursandchilikni baralla nishonlash shart emas.

— Kecha «Yamanni doskada yutib bo‘ldik, endi maydonda yutish qoldi», degan edingiz. O‘yin doskada bo‘lganidek chiqdimi yoki o‘xshamagan joylari bormidi?

— Bu endi sizga yaxshiroq ko‘ringan bo‘lishi kerak. Chunki tepada o‘tirdingiz, men esa pastda.

Men bugungi o‘yinni to‘liq tahlil qilishim uchun videoni ko‘rib chiqishim kerak. Albatta menga yoqmagan joylar bo‘ldi va o‘xshamagan joylarni to‘g‘rilash uchun harakat qilamiz.

— Yirik hisobdagi g‘alaba aldamchi taassurotga sabab bo‘lmaydimi? Kuchliroq raqibga qarshi kechadigan o‘yinda bunday taassurot pand berib qo‘yishi mumkin.

— Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Biroq hammasi risoladagidek bo‘ldi, deb aytmagan bo‘lardim. Menga yoqmagan joylari bor, ammo bu haqda gapirishni istamayman. Biz xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

— Sanjar Qodirqulov MTJning dastlabki yig‘inida yo‘q edi, keyinchalik uni chaqirdingiz. Bu haqida nima deya olasiz?

— U «Bunyodkor»da qo‘l ostimda o‘ynaydi va uning imkoniyatlarini yaxshi bilardim. Ammo shunda ham darhol milliy jamoaga chaqirmadim, avval olimpiyachilar safidagi o‘yinini ko‘rib, ishonch hosil qilgandan so‘ng tarkibga jalb etdim. Agar u bugun omadli o‘ynamaganda menga nisbatan juda katta tanqidlar yog‘ilardi. Masalan, Lutfulla To‘rayev borasida ko‘plab tanqidlar bo‘ldi. Ishoning, agar u bugun maydonda bo‘lganda, o‘yinni buzib qo‘ymagan bo‘lardi. Ammo tanqidlar yomg‘iridan so‘ng biroz kayfiyati tushdi, «Buxoro» bilan ko‘ngildagidek o‘ynay olmadi. Shu bois termada olib qolib, uni qiynamaslikka qaror qildim.

— Maydon markazida futbolchilarning tizimli o‘yinini ko‘rmadik. Qanotlardan to‘pni uzatish sizning ko‘rsatmangiz edimi?

— Maydon markazidagi o‘yinni yo‘lga qo‘yib olishga bizda vaqt bo‘lmadi. Agar jamoa bilan hech bo‘lmasa 10 kun yig‘in o‘tkazib, ikkita o‘rtoqlik o‘yini tashkil etganimizda, o‘yinni ancha yaxshilab olgan bo‘lardik.

— Vitaliy Denisov murabbiyning rejalariga kiradimi? 

— Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ammo Denisov hozircha o‘yin amaliyotiga ega emas. Shu sababli sport formasida bo‘lgan o‘yinchilarni chaqirishga qaror qildim. Vitaliy Denisov hozir qanday holatda ekanini bilmayman. U o‘z klubida o‘ynay boshlagani hamono albatta o‘yinlarini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston pasportiga ega barcha futbolchilar uchun terma jamoa eshigi ochiq.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:48, 10.10.2019.
O'qildi: 18475 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.