Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan o‘yin har ikki jamoa uchun ham foydali bo‘ladi

Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan o‘yin har ikki jamoa uchun ham foydali bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi:

- Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonini davom ettiryapmiz. Tayyorgarlik doirasida bir qator yaxshi saviyadagi raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilmoqda. Mana oldinda Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan 2 ta o‘yin turibdi. To‘g‘ri, biz ushbu terma jamoa bilan qit’a chempionatida bir guruhdan o‘rin oldik. Lekin mazkur o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish bo‘yicha biz qur’adan ancha avval kelishib olgan edik. Ishonchim komil, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinlar biz uchun ham, o‘z navbatda raqib uchun ham foydali bo‘ladi. Tarkibdagi futbolchilar harakatiga baho berish imkoniga ega bo‘lamiz, qolaversa qaysi jihatlar ustida yanada ko‘proq ishlash zarur ekanini bilib olamiz.

Ushbu yosh toifasida terma jamoalarimiz oldin ham to‘qnash kelgan. Lekin oldingi o‘yin bilan solishtirganda tarkibda ayrim yangi o‘yinchilar bor. Hozirgi tarkibimizning, misol uchun, Osiyo o‘yinlarida qatnashgan tarkibdan farqi bor.

Umuman olganda, oldindagi o‘rtoqlik o‘yini har ikki terma jamoa uchun ham foydali bo‘lishiga aminman, - dedi serbiyalik murabbiy.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:24, 11.10.2019.
O'qildi: 2688 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик