Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Yevro-2020 saralash. «A» guruhi. Angliya Chexiyaga yutqazdi

Yevro-2020 saralash. «A» guruhi. Angliya Chexiyaga yutqazdi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida kecha oqshom 3ta guruhda 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. "A" guruhidagi markaziy o‘yinda Chexiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Uchrashuv inglizlar uchun omadli boshlandi. Xarri Keyn 5-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Chexlar esa tezda hisobni tenglashtirishdi: Brabes 9-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida esa Ondrashek Chexiyaga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Shu tariqa, Angliya terma jamoasining Yevro va JCH saralash bosqichlaridagi 43ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.

Endi Angliya va Chexiya hisobida 12tadan ochko mavjud. Chexiyaliklar raqibga nisbatan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazishgan. Noyabr oyida bo‘ladigan Chexiya-Kosovo o‘yini ikkinchi yo‘llanma egasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yevro-2020 saralash bosqichi
"A" GURUHI
Chexiya – Angliya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 5, penalti Keyn, 1:1 – 9 Brabes, 2:1 – 85 Ondrashek.
Chexiya – Vaslik, Brabes, Borjil, Soufal, Chelyustka, Masopust (Zmrgal, 90), Yankto (Kopis, 83), Souchek, Darida, Kral, Shik (Ondrashek, 65).
Angliya – Pikford, Kin, Maguayr, Rouz, Trippyer, Rays (Abraxam, 88), Sancho (Reshford, 73), Xenderson, Maunt (Barkli, 72), Sterling, Keyn.

Chernogoriya – Bolgariya 0:0 (0:0, 0:0)
Chernogoriya – Petkovich, Lagator, Simich, Savich (Kosovich, 39), Sekulich, Vukchevich, Marushich, Bolyevich, Xakshabanovich (Mirkovich, 82), Yovovich (Yankovich, 67), Bechiray.
Bolgariya – Iliyev, Popov (Kostadinov, 63), Dimitrov, Zanev, Malinov, Ivanov, Pashov, Krayev, Vanderson (Karagaren, 77), Marselinyo (Isa, 70), Nedyalkov.

JamoaO‘yin G‘   D  M  T - N  Ochko
1 Angliya 5 4 0 1 20-6 12
2 Chexiya 6 4 0 2 11-9 12
3 Kosovo 5 2 2 1 10-10 8
4 Bolgariya 6 0 3 3 5-11 3
5 Chernogoriya 6 0 3 3 3-13 3
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:32, 12.10.2019.
O'qildi: 3593 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик