Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Nazorat o‘yini. AGMK «Rubin»ni tor-mor etildi

Nazorat o‘yini. AGMK «Rubin»ni tor-mor etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusda yig‘in o‘tkazayotgan AGMK Pro-liga vakili «Rubin» bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Qibraydagi stadionda o‘tgan bellashuvda Mirjalol Qosimov har ikkala bo‘limda ikki xil tarkibni maydonga tushirib, qo‘l ostidagi barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Birinchi bo‘limda jamoamiz a’zolari raqib darvozasini 3 marotaba, tanaffusdan keyin esa 4 bor ishg‘ol etib, yakunda yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Dastlab Mirjamol Qosimov uzoq masofadan gol urgan bo‘lsa, sal o‘tib Elguja Grigalashvili o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi. Tanaffusga qadar esa Jasur Hakimov burchak zarbasidan keyin bosh bilan gol urib hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Shahzod Nurmatov dubl qayd etgan bo‘lsa, Zafar Polvonov va Murod Toshmatov ham o‘z nomini tabloga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa to‘liq tashabbus va ustunligimiz ostida o‘tgan nazorat bahsida «Rubin» tor-mor keltirildi.

Qayd etish kerakki, mazkur o‘yinda chempionat avvalida jiddiy jarohat olib safdan chiqqan iqtidorli yarim himoyachimix Rasul Yo‘ldoshev uzoq tanaffusdan keyin jarohatidan forig‘ bo‘lib maydonga qaytdi va ikkinchi taymni to‘liq o‘tkazdi.

AGMK jamoasi Superliganing 22-turi doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik jarayonini Qibraydagi stadionda davom ettiradi.

Nazorat o‘yini.
11 oktyabr.
AGMK — «Rubin» 7:0
Qibray stadioni.
Bosh hakam: Vadim Agishev
Gollar: Mirjamol Qosimov, Grigalashvili, Jasur Hakimov, Shahzod Nurmatov (2ta), Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.

AGMK — Suhrob Sultonov (Roman Abdulov, 30) - Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Igor Zonich, Akmal Shorahmedov - Dilshod Jo‘rayev, Jasur Umarov, Mirjamol Qosimov - Elguja Grigalashvili, Jasur Hakimov, San’at Shixov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar — Roman Abdulov (Akbar To‘rayev, 60) - Mirg‘iyoz Sulaymonov, Bobur Yo‘ldoshev, Vladislav Kasminin, Sheroz Jalolov - Saydullo Toshpo‘latov, Rasul Yo‘ldoshev, Shahzod Nurmatov - Zohir Pirimov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 09:00, 12.10.2019.
O'qildi: 2929 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.