Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Afrikalik «marvarid»: «Real»ga o‘tishni istamagan «yangi Messi» haqida

Afrikalik «marvarid»: «Real»ga o‘tishni istamagan «yangi Messi» haqida

Baho:
+ | -1

«Barselona»da kutilmaganda yangi yosh yulduz paydo bo‘ldi. Yozda hech kim bunday bo‘lishini kutmagandi. Ayni damda Ansu Fati — mavsum kashfiyoti. Quyida afrikalik yosh yulduz haqida ma’lumot beramiz…

Ansu Fati 2019 yilning 25 avgustida «Betis»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi — bu uning «Barselona»dagi debyuti edi. U 78-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Bu bilan esa o‘zining dastlabki rekordini o‘rnatdi. Ya’ni Fati oxirgi 78 yil ichida «Barselona» safida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. 25 avgustda esa 16 yoshu 298 kunlik edi.

Fatining birinchi goli ko‘p kuttirmadi. «Osasuna»ga qarshi o‘yinda mehmonda qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga juda chiroyli tarzda joylab qo‘ydi. Bu uni «Barselona» tarixidagi eng yosh to‘purarga aylantirdi. Oldingi rekord Boyan Krkichga tegishli edi. La Ligada Fati bu borada Iker Munyain («Atletik») hamda Fabris Olinga («Selta»)dan keyingi o‘rinda turadi.

«MO‘’JIZA»NING TUG‘ILISHI

Ansu Fati Gvineya-Bisauda tug‘ilgan va 6 yildan keyin oilasi Sevilyadan 120 km uzoqlikdagi hududga ko‘chib kelgan. Fati aynan Andaluz klubida futbol bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlagan. 10 yoshida esa «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan. Bir yildan keyin akasi Braim ham futbolga kirib keladi. Ammo uning faoliyati Fatiniki kabi omadli boshlanmagan, u ayni damda «Kalaorre» klubida. Fatining ukasi Migel esa «Barsa»ning yoshlar klubi safida o‘ynamoqda

«REAL»NI RAD ETGAN

Ansu «Real»ga o‘tishi mumkin edi. Otasi Borisning xotirlashicha, Madrid klubi vakillari ular bilan ko‘p bor uchrashgan va ko‘ndirishga urinishgan. Shu mahalda esa «Barselona» skautlari paydo bo‘lishgan. «Ular ko‘proq hurmat-e’tibor ko‘rsatishdi. Uyimizga kelishdi va qiziqarliroq taklif bilan chiqishdi», deydi Boris Fati. Hal qiluvchi omil esa mashhur «La Masiya»da o‘qish bo‘ldi.

Shu paytda 9 yashar futbolchi atrofidagi dastlabki mojaro yuzaga keldi. «Barselona» bilan kelishuvdan xabar topgan «Sevilya» sport direktori Ramon Monchi bundan g‘azablandi. U mazkur kelishuv odamgarchilikka to‘g‘ri kelmasligini va «Sevilya» qiziqroq taklif bildirishini aytdi. Tomonlar kelisha olishmagach esa Andalus klubi yosh futbolchini diskvalifikasiya qildi. Ammo bu Fatining foydasiga ishladi, ya’ni uning «Barselona»ga o‘tishi tezlashdi.

Ansu Fatiningo‘yin uslubi qanday? Aynan shu narsa "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdeni o‘ziga jalb qiladi: "Fati raqibini arosatda qoldirib keta oladigan o‘yinchi, u juda tezkor va bitta futbolchini bemalol aldab keta oladi». Bundan tashqari, Ansu kuchli zarbasi bilan ajralib turadi, u vaziyatni yaxshi his qiladi va to‘pni jamoadoshiga qachon uzatish kerakligini biladi. Kuzatuvchilar har qanday vaziyatda o‘zini erkin his qiladigan, nima qilish kerakligini doimo tushunadigan ushbu futbolchining harakatlari uyg‘unligi va barqarorligini qayd etishadi.

Birinchi ustozi Ansu Fatiga shunday ta’rif bergan: «Men 50 yil davomida bunday futbolchini ko‘rmaganman. U ajoyib xarakter egasi, hech kimdan qo‘rqmaydi». «Barselona»ning sobiq a’zosi Viktor Valdes esa «Fatiga erkinlik berish kerak, uni hech qanday qolipga solish to‘g‘ri emas. Fati o‘zi uchun kerak bo‘lgan muhitni o‘zi yaratishi kerak. U marvarid», deya ta’riflaydi.

 

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 17:15, 12.10.2019.
O'qildi: 10719 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.