Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Portugaliya Ronaldusiz o‘ynashga tayyormi?

Portugaliya Ronaldusiz o‘ynashga tayyormi?

Baho:
+1 | -

Portugaliya terma jamoasida har davrning o‘z yulduzlari bo‘lgan. Ronaldu davriga kelib esa Krishtianu mamlakat terma jamoasining yaqqol yetakchisiga aylandi. Shuning uchun hatto yoshi o‘tib borayotgan esa-da, Portugaliya hamon Ronalduga ehtiyoj sezmoqda. Biroq hech narsa abadiy emas, xususan, Ronalduning barqarorligi ham. Xo‘sh, Portugaliya Ronaldusiz o‘ynashga tayyormi? Mamlakatda avlodlar almashinuvi qay darajada ketyapti?

Lyuksemburgga qarshi jahon chempionati saralashi uyinini ko‘rib, Portugaliyaning tarkibi meni quvontirdi. Chunki tarkibda mahoratli, iqtidorli futbolchilar ko‘paymoqda.

Darvoza chizig‘ida ayni damda muammo yo‘q, lekin Sirigu qariyapti. Avlodlar almashinuvi davrida esa hozircha darvoza chizig‘ida ijobiy o‘zgarish kuzatilmayotgandek, ya’ni Siriguga o‘rinbosar bo‘la oladigan posbon ko‘zga tashlanayotgani yo‘q. Xususan, kuchli beshlikda kuchli jamoalar safida portugaliyalik darvozabon ko‘rinmaydi. Shuning uchun ushbu kamchilikni to‘ldirmasa, Portugaliya murabbiylar shtabi qiynalib qolishi tayin.

Himoya chizig‘ida ham hammasi ko‘ngildagidek emas. Portugaliyaning himoya chizig‘i doim ham barqaror o‘ynamasligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, Pepening o‘rnini bosadigan “temir himoya” hozircha shakllanyapti, deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Nelson Semedu va Joau Kanselular bor. Ammo gap markaziy himoya haqida ketganida maqtanish qiyin. O‘rtamiyona himoyachilar bilan esa uzoqqa borish mushkul.

Yarim himoya — ayni damda Portugaliyaning eng kuchli tomoni. Birgina “Manchester Siti” futbolchisi Bernardu Silva fikrimizni tasdiqlaydi. Millatlar ligasida chempion bo‘lgan Portugaliya safida aynan eng yaxshi futbolchi nomiga Bernardu Silva munosib ko‘ringandi. Albatta, bu bejizga emas. Silvada dribling, aldamchi harakatlar, ajoyib pass berish va kuchli hamda aqlli zarba yo‘llash kabi qobiliyatlar bor. Lyuksemburgga qarshi o‘yinda ham Silva alohida ajralib turdi.

Hujum chizig‘i ham yomon emas. Gonsalo Gedesh — La Ligada o‘zini ko‘rsata olayotgan futbolchi. Kuchli va xavfli zarbasi bor, golni his qila oladi, to‘p bilan muomalasi yomon emas. Shuningdek, Andre Silva ham yaxshi futbolchilar sirasiga kiradi.

Portugaliyaning kelajagi deya e’tirof etilayotgan asosiy futbolchi —  Joao Felish. “Atletiko”ga o‘tganidan keyin eng qimmat portugaliyalik futbolchiga aylangan yosh hujumchiga katta umid bog‘langan. Felish Ronalduni o‘zining kumiri deb biladi va unga o‘xshashga harakat qiladi. Mutaxassislar va muxlislar ham Felishning kelajakda  Krishtianuning o‘rnini bosishini bashorat qilishmoqda.

Hozircha Felishning  o‘yinlari yomon emas. To‘p bilan muomalada biroz dovdirashi, xususan, uzatmalarni to‘xtatib qololmasligini hayajonini yenga olmayotganiga yo‘yish mumkin. Kerakli vaziyatda sovuqqonlik bilan tezkor qaror chiqara olmasligi esa tajribasizligidan. Ammo hali u yosh, unda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat yetarlicha. Agar maydondagi kumiri — Ronaldudan kerakli narsalarni o‘rgana olsa, Portugaliya terma jamoasi “Ronaldu ketsa, nima qilamiz?” degan savoldan xalos bo‘ladi. Hali unda kamida 2 yil bor, chunki Ronaldu yaqin ikki yil ichida terma jamoadan ketmasa kerak agar kutilmagan qandaydir vaziyat yuz bermasa...

Garchi Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan esa-da, Portugaliyani Yevro-2020 g‘olibligiga asosiy da’vogarlar sirasiga kiritish mushkulroq. Chunki Yevropada Portugaliyadan kuchli bo‘lgan jamoalar soni kamida 3-4 ta topiladi. Lekin futbolda omad degan tushuncha bor, hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:00, 13.10.2019.
O'qildi: 7476 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.