Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ukrainadan master-klass: Portugaliyaning noshudlari

Ukrainadan master-klass: Portugaliyaning noshudlari

Baho:
+1 | -

Yevro-2020 saralashi doirasidagi ajoyib o‘yinlardan biri yakuniga yetdi. Ukraina terma jamoasi o‘z uyida Portugaliyani qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu tasodifiy emas, adolatli, chinakam, kutilgan g‘alaba bo‘ldi, Ukraina chindan ham 3 ochkoga munosib edi.

XATOLAR

Portugaliyaning bugungi mag‘lubiyati uchun asosiy aybni Fernandu Santush zimmasiga olaversa bo‘ladi. Chunki, birinchidan, u asosiy tarkibni noto‘g‘ri tuzgandi. Joau Mariuni qaysi karomati uchun asosiy tarkibga kiritganini faqat o‘zi bilsa kerak. Mariu ham o‘yini orqali hali asosiyda o‘ynashga tayyor emasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Qolaversa, asosiyda tushgan Gedesh ham bu qaror noto‘g‘ri bo‘lganini isbotladi. Axir oddiy uzatmani to‘xtata olmaydigan futbolchining asosiyda o‘ynashga haqi bormikan?

Bosh murabbiyning ikkinchi aybi kengaytirilgan tarkibni noto‘g‘ri tanlagani. Boshqa futbolchilar yo‘q-da, dersiz, ehtimol. Ammo Santush izlasa, yana 4-5 ta jamoaning yomon kuniga yaraydigan futbolchilar topilardi. Shundoq ham zaxira juda-juda qashshoq.

Portugaliyaning eng katta nuqsoni — barqaror o‘ynaydigan futbolchining yo‘qligi. Ukrainaga qarshi  o‘yinda ham portugallarning hatto yulduzlari shunaqa yosh bolalarcha xato qildiki, asti qo‘yaverasiz. Bu o‘yinda Joau Mario, Joau Felish, Bernardu Silva, Bruno Fernandes, Nelson Semedu kabi futbolchilar terma jamoaning zarariga ishladi. Semedu bevosita o‘tkazib yuborilgan gollarda aybdor boshqa himoyachilar kabi, qolaversa, uning ko‘p bora noaniq uzatmalarni amalga oshirgani, dovdirab o‘ynagani terma jamoaga pand berdi. Joau Felish esa hamon dovdirashda davom etyapti. O‘zicha raqiblarni osongina dog‘da qoldirishga urindi, ammo Ukraina futbolchilari hozircha uning qo‘lidan hech narsa kelmasligini isbotlab qo‘yishdi. Shuningdek, Bernardu Silva ham to‘pni uzatish kerak bo‘lgan paytda aldashga urinib, vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. Aftidan, atrofdagilar uni ko‘p maqtab yuborishgan shekilli “Sen zo‘r o‘ynaysan”, deb. “Real”ga o‘tishi bashorat qilingan Bruno Fernandes esa “Real” u yoqda tursin, o‘rtamiyona jamoalarga mos futbolchi ekanligini ko‘rsatyapti. Uning yosh bolalarcha qarorlari va o‘xshamagan xatti-harakatlari bir necha o‘yindan beri davom etmoqda. Aslida,  bugun butun boshli Portugaliya juda nursiz o‘ynadi, yigitlarda na shijoat, na bir vahshiylik sezildi.  Xatolar juda-juda ko‘p.

SHEVCHENKONING SHOGIRDLARI

Ukraina terma jamoasi chindan ham g‘alabaga loyiq edi. Rosti, hakam mehmonlar foydasiga penalti berib, kamiga Ukraina futbolchisini maydondan chetlatganidan keyin Portugaliya kamida durangga erishadi, deb o‘ylagan edim. Ammo, buni qarangki, raqibning yosh bolalarcha xatosidan foydalangan ukrainalik futbolchilar to‘pni o‘zlarida tutib tura olishdi va hatto uchinchi golni ham kiritishlari mumkin edi. Shevchenko rostdan ham kuchli jamoa shakllantiribdi. Darvozabonga gap bo‘lishi mumkin emas, himoya chizig‘i ham ancha tartibli, yarim himoya va hujum ham joyida. Taktika bor, o‘         ylangan harakatlar bor.

AYB OMADDA EMAS

Portugaliyaning bu mag‘lubiyatini omadi kelmadi, deb izohlash noto‘g‘ri. Mag‘lubiyatning yagona sababi — Portugaliya raqibidan har jabhada kuchsiz edi. Hatto Krishtianu Ronalduning borligi ham portugallarga raqibdan bir bosh ustun bo‘lish imkonini bermadi. To‘g‘ri-da, “Neksiya”lar bilan poyga uyushtirayotgan “Malibu” agar jamoadoshlari “Zaparoj”u “Moskvich”lar bo‘lsa, hech qayoqqa bora olmaydi, Ronaldu ham jon-jahdi bilan urindi, ammo jamoadoshlari uni biror marta tuzukroq uzatma bilan ta’minlashgani yo‘q.

Fernandu Santush tarkib va taktika ustida jiddiy ishlashi kerak. Bugun Portugaliyaning rejalar borasida ham qashshoqligi sezildi. Ikkita goldan keyin portugallar ruhan sinishdi va ularda hech bir zaxira taktika yo‘qligi ayon bo‘ldi. Santush ana shu kamchiliklarni tuzatmasa, Portugaliya Yevropa chempionatiga yo‘l olgan taqdirda ham ushbu turnir portugallar uchun sharmandali bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:05, 15.10.2019.
O'qildi: 11078 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.