Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

“Biz sport tarafdorimiz” shiori ostida fleshmob o‘tkazildi

“Biz sport tarafdorimiz” shiori ostida fleshmob o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha 4 sentyabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida soha taraqqiyoti bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab bergan edilar. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida sambo sportini rivojlantirish yo‘lida “Biz sport tarafdorimiz” shiori ostida katta fleshmob o‘tkazildi.

Yuzlab sport fidoiylarini o‘zida jamlagan ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashining a’zolari, O‘zbekiston sambo federasiyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, samboning yurtimizda jadal suratlarda rivojlanayotgani, o‘z navbatida, vakillarimizning xalqaro musobaqalarda qayd etayotgan yuqori natijalari xususida to‘xtalib o‘tishdi. Kuni kecha poytaxtimizda yakunlangan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yuqori saviyada tashkil etilgani, terma jamoamiz esa umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani yuqoridagi fikrlarning yaqqol isboti bo‘lib turibdi.

Fleshmobda kattalar terma jamoasi, shuningdek, Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionati qahramonlari ham ishtirok etishdi. Ayniqsa, maydonda o‘z mahoratlarini namoyish qilib turgan yosh sambochilarning ajoyib harakatlari hech bir insonni bee’tibor qoldirmadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:44, 15.10.2019.
O'qildi: 1470 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.