Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Oksana Chusovitina: “Maqsadim – olimpiada chempionligi”

Oksana Chusovitina: “Maqsadim – olimpiada chempionligi”

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘tgan haftada Germaniyaning Shtutgart shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati bahslari o‘tkazilgani haqida xabar bergandik. Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va biryo‘la ikki atletimiz kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Garchi vakillarimiz dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy olisholmagan bo‘lsa-da, olimpiada o‘yinlariga lisenziya beruvchi o‘rinlardan joy ola bilishdi.

Bugun erta tongda hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytib keldilar va ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston gimnastika federasiyasi hamda ommaviy axborot vositalari hodimlari tomonidan kutib olindi.

“Garchi musobaqada g‘olib bo‘la olmagan bo‘lsamda, o‘z natijamdan hursand bo‘ldim. Chunki men Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdim. Mening asosiy maqsadim Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiyada o‘yinlarida g‘olib bo‘lish” – deydi Oksana Chusovitina.

Shu tariqa o‘z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda.

Bu esa o‘zbek va jahon sporti tarixi uchun ulkan muvaffaqiyat demakdir. Reglamentga ko‘ra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida o‘zlari istagan yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Oksana Chusovitina va Rasuljon Abdurahimovni qo‘lga kiritilgan Olimpiada yo‘llanmalari bilan chin dildan muborakbod etib qoladi. Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga lisenziya olgan sportchilarimiz soni 10 nafarga yetdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:12, 15.10.2019.
O'qildi: 1407 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик